Dengizkoʻl gaz kondensati koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dengizkoʻl gaz kondensati koni — Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida. Krrovulbozor sh.dan 55 km jan.garbda joylashgan. Dengizkoʻl strukturasi 1972-yilda seysmik razvedka yoʻli bilan aniklangan va 1973-yilda birinchi parametrik burgʻi qudugʻi qazilgan. 1974-yilda yuqori yura karbo-natli yotqiziqlaridan gaz olingan. Kon 1981-yilda ishga tushirilgan. 1981-yilgacha 14 ta burgi qudugʻi kavlangan. Quduqlarning chuqurligi oʻrtacha 2800– 3000 m. Konning geologik tuzilishida yura, bur, paleogen, neogen va antropogen yotqiziklari ishtirok etgan. Tektonik jihatdan Dengizkoʻl strukturasi Dengizkul tepaligining oʻrtasida joylashgan. Kon DengizkulHovuzak-Shodi Shimoliy Dengizkul strukturalarining bir qismini tashkil etgan.

D.g.k.k.da yuqori yura karbonatli yotqiziqlari gorizontlarida gaz kondensati uyumlari mavjud. Gazning debiti sutkasiga 100,8 ming m3 dan 2833,5 ming m3 gacha. Konda 30 ta burgʻi qudugʻi qazilgan, shulardan 17 tasidan gaz olinmoqda, 1 ta quduq nazoratchi, 12 ta quduq tugatilgan. Kondagi gaz uyumi gumbazli, yaxlit. Gazning havoga nisbatan s.of. 0,620. Oltingugurt vodorodining miqdori 2,16%, karbonat angidridi 0,78%. Metan 87,55—94,1%, azot va nodir gazlar 0,58%.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil