Oʻrtabuloq neft-gaz kondensat koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻrtabuloq neft-gaz kondensat koni — Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanidagi kop. Buxoro shahridan 90 km jan.da. 1961 yilda ochilgan. 1973 yil foydalanishga topshirilgan. Kon maydoni relyefi tepaliklardan iborat.

Oʻrtabuloq tizmasi Chorjoʻy tektonik pogʻonasining markaziy qismidagi Dengizkoʻl koʻtarilmasining sharqiy qismida joylashgan. Burma yirik braxiantiklinaldan iborat boʻlib, paleogen yotqiziqlari boʻyicha uning markaziy qismida graben mavjud, uning qanotlarini siljish amplitudasi 300 m ga teng . Konning geologik tuzilishida mezozoy va kaynozoy yotqiziqlari ishtirok etadi. Yura davri yotqiziqlari qumtosh, alevrolit, gil jinslardan hamda kelloveyoksford yarusining karbonatlaridan tarkib topgan. Oʻrtabuloq strukturasida sanoat miqyosidagi gazlilik yura davrining qdrbonat yotqiziqlari (15R, 15NR gorizontlari)da aniqlangan. Gorizont yuqori gʻovaklikka ega boʻlgan organogendetritli ohaktoshlardan tuzilgan. Qazilgan 6 ta quduq 2510—2500 m chuq. da sanoat miqyosidagi gaz, 5 ta quduq 2578—2556 m chuq.da kuchsiz neft oqimi (300 l/sutka) boʻlgan uyumlarni ochgan. Gaz uyumi gumbazsimon, massiv koʻrinishda. Kondagi 15gorizontning qatlam suvlari yuqori darajada minerallashgan, namakob turiga mansub. Kondan hozirgi kunda foydalanilmoqda.