Izboskan neft-gaz koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Izboskan neft-gaz koni - Fargʻona vodiysining shim.sharqidagi Iz-boskan antiklinal burmasida joylashgan neft-gaz koni. Iz-boskan strukturasi 1933 yilda aniqlangan va tektonik jihatdan Moylisuv strukturalari guruhiga kiradi. Kon 1950 y. ishga tushirilgan. I.n.k.ning geologik tuzilishida paleozoy, yura, boʻr, paleogen va neogen yotqiziqlari ishtirok etgan. Gil, ohaktosh, qumtosh va alevrolitlardan iborat. Dastlabki kidiruv ishlari konda 1935 yilda boshlangan. 1945 yilda chuqur burgi quduklari qazilgan. Izboskan antiklinalining uz. 35 km, eni 7 km boʻlib, gʻarbdan sharqqa choʻzilgan yagona burmadan iborat; paleogen davri yotqizikdari boʻyicha uz. 10,5 km, eni 1,8 km; shim. qanoti 30°, jan. kanoti 20° enkaygan. Izboskan burmasini uzuna-siga 3 ta tektonik uzilma kesib oʻtgan. Uzilma tekisligi boʻyicha qatlamlar 13-va 18-gorizontida katta gaz uyumlari, paleogen davri yotqiziklaridagi 3-, 5-, 7-, 8-, 9- gorizontlarida esa neft uyumlari topilgan. 8-gorizont eng mahsuldor. 2400 m chuqurlikda joylashgan. Paleogen davri yotqiziklaridagi dastlabki burgʻi qudugʻidan (1950) sutkasiga 10 t, 1967 y.ga qadar esa 2644 ming t neft olingan. 1963 y. boʻr davri qatlamlaridan sutkasiga 1 mln. m3 gaz olina boshlagan. Neftning zichligi 0,864 g/sm3, oltingugurtning miqdori 0,33 %, aksiz qatroni 35 %, parafin 6 %. Gazning tarkibi metan (50 %), karbonat angidridi (12,6 %)dan iborat. Kondan ayni paytda oz miqdorda neft va gaz olinmoqda.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil