Andijon neft koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Andijon neft koni – Farg‘ona vodiysining janubi-sharqidagi konlardan biri. Andijon shahridan 14 km janubida. Birinchi qidiruv ishlari 1932 yildan boshlangan. 1935 yilda boshlangan burg‘ulash natijasida 1937 yil 3-gorizontdan kuniga 35 t neft chiqa boshladi. Key-ingi qidiruv ishlari natijasida 5-go-rizontdan (1940), so‘ngra 1-gorizontdan neft topildi. Andijon neft koni k. 1937 yilda foydala-nishga topshirilgan. Andijon neft koni k. antiklinal burma bilan bog‘liq bo‘lib, bu burmaning uz. 23 km, eni 6 km. Bur-maning shimoli-g‘arbiy qanotida qatlamlar og‘ishi 10°dan osh-maydi, janubi-sharqining ba’zi joylarida 30–35° gacha yetadi. Burmaning mar-kazida neogen yotqiziqlari yer yuzasiga chiqib qolgan. Ularning ostida umumiy qalinligi 3000 mdan ortiq bo‘lgan pa-leogen va bo‘r yotqiziqlari joylashgan. Antiklinal burma ko‘ndalang uzilmalar bo‘yicha bloklarga bo‘lingan. Bir necha mayda uzilma va surilmalar ham uchraydi. Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan neft neogenning baqtriya yotqiziqlaridagi 1-gorizontda va paleogenning 3-, 5-, 6-, 7-gorizontlarida uchraydi. 1-gorizont baqgriya yarusining ostki qismida yotadi va qumtoshdan iborat. Uning kalinli-gi burmaning janubiy qanotida 7–12 m va shimoliy qanotida 40 m ga yetadi. 1-gorizont ostki massaget yarusining yotqiziqlariga nomuvofiq yotadi. Massaget yotqiziklari orasida g‘ovak qumtosh qatlamlari bo‘lib, bu qatlamlarda ham ba’zan neft uch-raydi. 3-gorizont sumsar yarusi gil qatlamlarining ustki qismida bo‘lib, qumtoshdan iborat. Umumiy kalinligi 18–21 m, neftli qismining kalinligi 10 m. Bukilmaning eng yuqori qismida ozgina gaz uchraydi. Dastlabki vaqtlarda har qaysi quduqdan (burg‘u kovagidan) bir kecha-kunduzda 14–70 t neft chiqqan. Neftning s.og‘. 0,859. 5-gorizont Turki-ston qatlamlarida bo‘lib, qumli ohaktosh va ohakli qum-toshdan iborat. Umumiy qalinligi 14 m, neftli qismining qalinligi 9 m. Dastlabki vaqtlarda har bir quduqdan bir kecha-kunduzda 15–120 t neft chiqqan. 6-gorizont, asosan, angi-drit va ostki qismi qumtoshdan iborat. Neft 6-gorizontda surilma ostidagi qanotda bo‘lib, tarkibi 5-gorizont ne-ftiga o‘xshash.7-gorizont olay yarusidagi dolomit-li ohaktoshdan iborat bo‘lib, neft oz. G‘arbiy, markaziy va sharqiy bloklarda-gi neft deyarli butunlay olib bo‘lingan. Gorizontning umumiy kalinligi 42 m, neftli qismining kalinligi 20 m. Dast-labki vaqtlarda har bir qudukdan bir ke-cha-kunduzda 40–90 t neft olingan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil