Langar koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Langar koni - Janubiy Nurota togʻlarining Oqtov granitsimon massivining gʻarbiy va jan.-gʻarbiy kontakt zonasida joylashgan volfram va vollastonit koni. Langar koni skarnli-rudali konlar turiga mansub. Skarnli zonalarning uz. 30–500 m, qalinligi 0,1 – 35 m, chuq. 80–200 m. Skarnlarda volfram va vollastonitdan tashqari, piroksen, granit, epidot, vezuvian va boshqa minerallar ham uchraydi. Langar skarnlarining sheyelitta boiligini ilk bor 1934-yil professor N.A.Smolyaninov aniqlagan. 1959-yildan boshlab sheyelit-molibden koni sifatida foydalanilgan, keyinroq rudali maydonning pegmatitli jinslaridan dala shpati konsentrati olingan. Kontakt metamorfizmi taʼsirida choʻkindi jinslar rogovik va ohaktosh-silikatli rogoviklarga aylangan. Ushbu jinslarning kontaktiga Langarning skarnli-rudali jinslari ham toʻgʻri keladi. Sheyelit va molibdenit sanoat ahamiyatiga ega komponentlar hisoblanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil