Boʻston neft koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boʻston neft koni — Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani hududida, Andijon shahridan 15 km jan.sharqda joylashgan. 1952-yilda ochilgan, 1953-yilda ishga tushirilgan. Neft uyumlari yura, bur, paleogen va neogen yotqiziqlarida joylashgan. Yura davri yotqiziqlarining qalinligi 195 m gacha. Boʻr davri yotqiziqlari (umumiy qalinligi 1445 m gacha) Fargʻona botigʻiga mansub logʻon, kalachi, yalovoch va boshqa svitalarni oʻz ichiga oladi. Paleogen yotqiziqlari umumiy qalinligi 465 m gacha boʻlgan buxoro, olay, turkiston va boshqa svitalardan tashkil topgan. Neogen sistemasi (umumiy qalinligi 450 – 750 m) massaget va baktr seriyalaridan tuzilgan. Boʻston neft koni k. antiklinal strukturada joylashgan. Gʻarb ya sharqda kichik sinklinallar orqali Xoʻjaobod va Janubiy Olamushuk strukturalaridan ajralib turadi. Neft uyumi asosan neogen davrining qizgʻish svitasi 3gorizontida, ozroq miqdorda boʻr yotqiziqlarida uchraydi. Neftning s ogʻ. 0,829 dan 0,880 gacha. Tarkibida 88% gacha qatron, 10 % gacha parafin, 42% gacha oltingugurt, 3,3 % gacha asfalten mavjud.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Boʻston neft koni" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil