Tepaqoʻton tuz koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tepaqoʻton tuz koni - Qashqadaryo viloyatidagi kon; Lalmikon tuz koni bilan tutashgan. 1950-yilda ochilgan. Konning geologik tuzilishi 1959—64 yillarda oʻrganilgan. Tepaqoʻton tuz konik. braxiantiklinal shaklida jan.garbdan shim.sharqqa choʻzilgan boʻlib, Tepaqoʻton tepaligidan iborat. Uzunligi 15–20 km, eni 5–6 km. Tepaqoʻton braxiantiklinali oʻzagidagi tuz qatlamlari yuvilib ketgan, tuz ostidagi angidrit qatlamlari esa qoryomgʻir suvlari taʼsirida qisman gipsga aylangan. Tepaqoʻtondagi svita yotqiziqlarining qalinligi 850–900 m. 4 qavat (yirik qatlam)dan tuzilgan (pastdan yuqoriga): 1) angidrit qavati — koʻkimtir kulrang, oq angidrit va qoramtir ohaktosh qatlamlaridan tashkil topgan, qalinligi 155–200 m; 2) danburitli galitangidrit qavati — kulrang, koʻkimtir angidrit va qoramtir ohaktosh, rangsiz galit (osh tuzi) qatlamlaridan tuzilgan boʻlib, pastki va yuqorigi angidrit qatlamlarida danburit minerali uchraydi, qalinligi 130–250 m; 3) tuz qavati — rangiga koʻra 2 qismga ajraladi: pastda 200 m qalinlikdagi rangsiz (maydalanganda oq) va kulrang osh tuzi, yuqorida esa 200–250 m qalinlikdagi qizil va pushti rang tuz katlamlari boʻlib, ular orasida 3 ta silvinit (kaliy tuzlari) gorizonti joylashgan; 4) yuqori gips angidrit qavati — qalinligi 2–15 m. Tepaqoʻton tuz konik.da kaliy va osh tuzidan tashqari yer yuzasiga chiqib yotgan gips va angidrit qatlamlari ham mavjud boʻlib, sulfat kislota uchun xom ashyo hisoblanadi. Gipsning danburitli xilidan qishloq xoʻjaligi.da mikroelementli oʻgʻit sifatida foydalanish mumkin. Boʻr va paleogen davrlari yotqiziqlaridagi gillar va dolomit qatlamlari qurilish materiallaridir.