Shavkatli qalay koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shavkatli qalay koni - Oxangaron daryosining oʻng sohilidagi Bobotogʻ intruzivida joylashgan kon. 1967 y. M.A.Ahmedov ochgan. Kon geol.sini U.Rahmedov, I.H.Hamroboyev, A.Sotvoldiyev va boshqa oʻrgangan. Shavkatli qalay konik.da quyi trias davriga mansoʻb kvarsporfir, granitporfir va ularni yorib chiqqan diabazporfirlar bor. Kon magmatik jinslarning gidrotermal jarayonda oʻzgargan (kvarslashgan, seritsitlangan, xloritlangan, gematitlangan) 4 ta minerallashgan zonasidan tashkil topgan. Zonalar uz. 250–800 m, eni 5–40 m. Zonalarda mikroklin, seritsit, kvars, magnetit, xlorit, kassiterit, sheyelit, gematit, xalkopirit va boshqa minerallar bor. Qalay minerali — kassiterit kvars, seritsit, xlorit va boshqa minerallar bilan bir vaqtda hosil boʻlib, qalay bilan birga uchraydi. Zonalardagi qalayning miqdori 0,003% dan 3,6% gacha. Konda volfram, siyrak yer elementlari va boshqa elementlar ham bor.