Xonqiz neft-gaz koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xonqiz neft-gaz koni - Fargʻona viloyatidagi kon, Fargʻona shahridan 27 km jan.gʻarbda. 1957-yilda ochilgan va ugla yili ishga tushirilgan. Kon relyefi yassi, ikki adir oraligʻidagi vodiydan iborat. Xonqiz strukturasi QopchigʻayAchchisoy antiklinoriysi chegarasida joylashgan boʻlib, kenglik boʻyicha choʻzilgan braxiantiklinaldan iborat. Neogen yotkiziqlari boʻyicha burmaning uz. 8 km, eni 4 km. Gumbaz yuzasi keng, qanotlari yassi. Xonqiz neft-gaz konig.k.da jami 25 ta burgʻi kuduti qazilgan. Konda sanoat miqyosidagi neft uyumlari paleogen davrining yotqiziklarida ajratilgan gorizontlarda uchraydi. Ular 1300–1350 m va 1675 m chuqurlikda ochilgan boʻlib, gil, alevrolit, mergel qatchalari bilan qavatlangan qumtosh va ohaktoshlardan tuzilgan. 1957—1989-yillarda Xonqiz neft-gaz konig.k.ning pastki qatlamlari sinab koʻrildi, natijada quyi boʻr davri muyan svitasida va oʻrta yura davrining terrigen yotqiziqlarida 3 ta gorizont ajratildi va gaz uyumlari mavjudligi aniqlandi. Ushbu gorizontlar qumtoshlardan tuzilgan boʻlib, konglomerat va ayrim joylarda karbonat qatchalari bilan qavatlanadi. Gorizontlarning qalinligi 35–58 m, gazlilik maydonlari 2,16 km², 3,24 km² va 31,4 km² ni tashkil qiladi. Ushbu gorizontlardagi gazning kimyoviy tarkibi birbiriga yaqin. Yura davri satlam suvlari kuchli namakob hisoblanadi, ular xlorkaltsiyli tipga mansub. Hozirgi kunda kondan foydalanilmoqda.