Angren koʻmir koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Angren koʻmir koni — Toshkent viloyati Ohangaron vodiysidagi qoʻngʻir kumir koni. Qurama va Chatqol toglari etagida. Geologik kon qidiruv ishlari 1934-yil.dan boshlangan. Dastlabki shaxta 1940-yilda ishga tushirilgan. Koʻmirli havzaning maydoni qariyb 70 km². Aniqlangan zaxirasi 860 m chuqurlikkacha 1,9 mlrd. t (Oʻrta Osiyodagi barcha koʻmir zaxirasining qariyb 1/4 qismi). Koʻmir yura yotqiziqlari orasida joylashgan, qatlami juda serbar, qalinligi yer yuza-sida 20 m dan chuqurlikda 130 m gacha. Koʻmir B2 markasiga mansub. Yonish issiqligi 13,9 MJ/kg. Koʻmir asosan ochiqusulda (2,5 mln. t), qisman yer ostidan (0,5 mln. t) qazib olinadi. Bundan tashkari „Yerostigaz“ stansiyasida kumir gazga aylantirilib, yiliga 50 mln. m3 gaz ishlab chiqariladi. Koʻmir bilan birga ka-olin ham qazib olinadi. Qatlamlar ora-sida portlandsement, flyus, burt hamda kanalizatsiya quvurlari ishlab chiqarish uchun xom ashyo boʻladigan jinslar koʻp.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil