Chambar gaz-kondensat koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Chambar gaz-kondensat koni — Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi kon. Muborak temir yoʻl stansiyasidan 42 km shim.sharqda. 1980 yilda ochilgan, 1986 yildan foydalanishga topshirilgan. Kon relyefi kuchsiz tabaqalangan, zol qumlari bilan qoplangan choʻl tekisligidan iborat. Ch.g .k.k. Buxoro tektonik pogʻonasidagi Muborak koʻtarilmasining shim.gʻarbiy qismida joylashgan. Ch.g .k.k.da qazilgan jami 4 ta burgʻi qudugʻida paleozoy erasi, yura, bur, paleogen, neogen va toʻrtlamchi davr yotqiziklari ochilgan. Sanoat miqyosidagi gazlilik 13 va 12 gorizontlarda belgilangan. Gorizontlar qumtosh, alevrolit, gil, mergel va ohaktoshlardan tarkib topgan boʻlib, 886–1014 m va 917–1058 m chuqurliklarda ochilgan. Kondagi gaz metanli, quruq. Kondensat oltingugurtli, 1 m3 qatlam gazida 13 g kondensat mavjud. Benzin fraksiyalarining guruhiy uglevodorod tarkibiga koʻra, kondensat metannaftenaromatli tipga mansub. Kondan hozirgi kunda foydalanilmoqda.