Karakalpakiya (shaharcha)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qoraqalpogʻiston (shaharcha)dan yoʻnaltirildi)

Karakalpakiya - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tuma-nidagi shaharcha (1971-yildan). Qoʻngʻirot — Beynov temir yoʻl shoxobchasi qurilishi munosabati bilan 1971-yil bunyod etilgan. Transport yoʻli stansiyasi. Aholisi 3,8 ming kishi (2005). 2 umumiy taʼlim maktabi, qurilish tashkilotlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, madaniyat uyi, kasalxona va poliklinika mavjud. "QORAQALPOGʻISTON " ("Qaraqalpaqstan") — ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ommabop, adabiy-badiiy jurnal. 2 oyda 1 marta Nukus shahrida chiqadi. muassislari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Hukumati. Dastlab "Qizil Qoraqalpogʻiston" (1930-yil 1 fevral) nomida chop etilgan. 2000-yildan hozirgi nomda. Asosiy yoʻnalishi oʻzlikni anglash, milliy qadriyatlarni targʻib etib, xalq ongiga sing-dirish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Respublikaning mustaqillik yillarida qoʻlga kiritgan muvaffaqiyatlarini targʻib etish, Orol muammosi hamda ushbu muammo yechimi yoʻlida mavjud imkoniyatlarni safarbar etishni targʻib etishdan iborat. Ofset usulida 8 bosma taboq hajmida qoraqalpoq, oʻzbek, rus va ingliz tillarida nashr etiladi. Bosh muharriri Tabisqan Qanaatov (1998-yildan).