Oltinkoʻl (shaharcha)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

OltinkoʻlQoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanidagi shaharcha (1969 yildan). Qoʻngʻirot shahar kengashiga karashli. Tuman markazi va yaqin temir yoʻl stansiyasi (Qoʻngʻirot)dan 6 km. Aholisi 24 ming kishi (2000). Oltinkoʻlda paxta tozalash zavodi, 6 umumiy taʼlim maktabi, madaniyat va istirohat bogʻi, avtokorxona, madaniy, maishiy va savdo xizmati koʻrsatish shoxobchalari bor. Oltinkoʻlda Qoʻngʻirot tuman aeroporti joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil