Jasliq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jasliq (Yoshlik) — Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumanidagi shaharcha (1975 yildan). Aholisi 4,1 ming kishi (2000), qoraqalpoq, oʻzbek, qozoq, rus, tatar, turkman va boshqalar millat vakillari yashaydi. Temir yo'l stansiyasi. Jasliqda "Tuley" gaz kompressor stansiyasi, lokomotiv deposi, temir yo'lni taʼmirlash korxonasi mavjud. Jasliq orqali yoʻlovchilar tashuvchi xalqaro poyezdlar qatnaydi. Umumiy taʼlim maktabi, klub, madaniy sport majmuasi, kutubxona, kasalxona, dorixona, hammom, nonvoyxona bor. Jasliq yonida qad. ipak yoʻli boʻyidagi "Belevli" karvonsaroyining qoldiqlari saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil