Oʻzbekiston qahramoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O‘zbekiston Qahramonidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Uzbekiston Qahramoni.svg

"Oʻzbekiston Qahramoni" — Oʻzbekistonning oliy darajadagi unvoni. 1994-yil 5-mayda taʼsis etilgan. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga davlat va xalq oldidagi qahramonona jasorat koʻrsatish bilan bogʻliq xizmatlari uchun beriladi. Unvon ayrim hollarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslarga ham berilishi mumkin. „Oʻzbekiston Qahramoni“ Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan beriladi. Unvonni berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar rahbarlarining hamda jamoat birlashmalari respublika organlarining taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi. „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlangan shaxsga oliy nishon — „Oltin Yulduz“ medali va unvon berilganligi toʻgʻrisidagi hujjat topshiriladi. „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlangan shaxslar oylik ish haqiga yoki pensiyaga qoʻshimcha ravishda eng kam oylik ish haqi miqdorida oy sayin toʻlanadigan ustama mukofot oladilar, qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan imtiyozlardan foydalanadilar. „Oltin Yulduz“ medali 750 darajali (probali) oltin qotishmasidan tayyorlanadi va old tomonida har bir qirrasining ikki yonbagʻridan oltin nurlar taralgan sakkiz qirrali yulduz shaklida boʻladi, ogʻirligi 12,5 f. „Oltin Yulduz“ medali koʻkrakning chap tomoniga orden va medallardan yuqoriroqqa taqiladi. „Oʻzbekiston Qahramoni“ faqat bir marta beriladi. „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni vafotidan keyin berilgan taqdirda „Oltin Yulduz“ medali va unvon berilganligi toʻgʻrisidagi hujjat mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.

Mukofotlanganlar[tahrir]

1995-yil[tahrir]

  • Erkin Alimuhamedov — V. P. Chkalov nomli Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasining chilangar-yigʻuvchisi
  • Komiljon Mamajonov — Fargʻona viloyati, Toshloq tumanidagi X. Moroziqov nomli jamoa xoʻjaligi brigadasi boshligʻi
  • Anatoliy Panin — Navoiy togʻ-metallurgiya kombinati „Vostok“ koni shimoliy ruda boshqarmasi ekskavator mashinistlari brigadasi boshligʻi
  • Boʻron Roʻziyev — „Oʻzneftgazqazibchiqarish“ davlat aksionerlik birlashmasi „Muborakgaz“ gaz koni boshqarmasining neft va gaz qazib chiqarish operatori
  • Muyassar Temirova — Buxoro shahridagi „Zardoʻz“ aksionerlik jamiyati yuksak badiiy buyumlar tayyorlash uchastkasining katta ustasi

1996-yil[tahrir]

  • Sodiqjon Abdurasulov — Shahrixon tumanidagi „Oltin vodiy“ jamoa xoʻjaligi donchilik brigadasi boshligʻi
  • Mirumar Asadov — Samarqand maxsus ilmiy taʼmirlash ishlab chiqarish ustaxonasi taʼmirlovchisi
  • Ayshaxon Kochkarova — Namangan viloyati tugʻruqxonasi boʻlim mudiri
  • Nikolay Kucherskiy — Oʻzbekiston Respublikasi Qizilqum nodir metallar va oltin davlat konserni raisi
  • Ibrohim Fayzullayev — Denov tumanidagi S. Rahimov nomli jamoa xoʻjaligi boshqaruvi raisi

1997-yil[tahrir]

  • Manzura Madalieva — Qoʻqon shahridagi 10-oʻrta maktab matematika oʻqituvchisi
  • Onesiya Saitova — Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1-tugʻruqxonasining ginekologiya boʻlimi mudiri
  • Xolxoʻja Umarov — „Toshkentuyjoyinvestqurilish“ korporatsiyasi „Toshmaxsuspardozqurilish“ aksiyadorlik jamiyati 42-qurilish boshqarmasi suvoqchilar brigadasi boshligʻi
  • Masharip Quvapov — Bogʻot tumanidagi „Bogʻot“ jamoa xoʻjaligi boshqaruvi raisi

1998-yil[tahrir]

  • Parda Ziyatov — Jizzax tumani, Xamroqul Nosirov nomli jamoa xoʻjaligi paxtachilik brigadasi boshligʻi
  • Qobiljon Obidov — Andijon viloyati hokimi
  • Abdulla Oripov — Oʻzbekiston xalq shoiri, respublika Yozuvchilar uyushmasi raisi
  • Jonsaid Turdiev — Olmaliq togʻ-metallurgiya kombinati „Qolmaqir“ koni ekskavator mashinisti
  • Anvar Qurbonov — „Sirdaryojamqurilish“ga qarashli 49-koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonnaning brigada boshligʻi, Sirdaryo viloyati

1999-yil[tahrir]

2000-yil[tahrir]

2001-yil[tahrir]

2002-yil[tahrir]

  • Dilbar Akramova — Oʻzbekiston „Mehr-shafqat va salomatlik“ jamgʻarmasining Namangan viloyati boʻlimi boshqaruvi raisi
  • Islom Bobojonov — Xorazm viloyati hokimi
  • Marat Zokirov — Jizzax Davlat pedagogika instituti qoshidagi iqtidorli bolalar litseyi direktori
  • Azim Latipov — Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi „Buxoro“ shirkat xoʻjaligi raisi
  • Murodulla Saidov — Qashqadaryo viloyati Usmon Yusupov tumanidagi Jeynov shirkat xoʻjaligi raisi
  • Ozod Sharafiddinov — „Jahon adabiyoti“ jurnali bosh muharriri, adabiyotshunos

2003-yil[tahrir]

  • Abdurahmon Abdurazzoqov — „Oʻzbekiston metallurgiya kombinati“ aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasi poʻlat eritish sexining operatori
  • Zakir Muxamedjanov (Zikir Muhamadjanov) — Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktyori
  • Axmat Narzulloyev — Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi „Lochin“ fermer xoʻjaligi raisi
  • Serikbay Sagatov — Navoiy viloyati Tomdi tumanidagi „Birlik“ shirkat xoʻjaligi bosh choʻponi
  • Avaz Ergashev — Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi X.Nizamatov nomli shirkat xoʻjaligi raisi
  • Toʻlepbergen Qayipbergenov — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasining raisi

2004-yil[tahrir]

  • Tolkin Ibragimov — „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ davlat aksiyadorlik kompaniyasining „Oʻzbekiston“ lokomotiv deposi teplovoz mashinisti
  • Anor Mahmudova — Gurlan tumanidagi Ibn Sino nomli 5-maktab direktori
  • Abduraim Homidov — Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi „Oʻzbekiston“ shirkat xoʻjaligining pudratchisi
  • Ibrahim Yusupov — Oʻzbekiston xalq shoiri

2005-yil[tahrir]

  • Agiʻtay Adilov — Taxtakoʻpir tumanidagi „Taxtakoʻpir“ shirkat xoʻjaligi boshqaruvi raisi
  • Botir Temirov — Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi 1-texnologik sexining mexanigi

2006-yil[tahrir]

  • Abdugʻani Abdullayev — Respublika „Usto“ ijodiy uyushmasining Qoʻqon badiiy ishlab chiqarish korxonasi yogʻoch-oʻymakor ustasi
  • Malika Abdullaxoʻjayeva — Respublika patologik anatomiya markazi direktori, akademik
  • Bahodir Ilyasov — „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ davlat aksiyadorlik kompaniyasining 214-mashinalashgan temir yoʻl stansiyasining yoʻl sozlovchisi
  • Same Samatov — Guliston davlat universiteti qoshidagi akademik litsey direktori
  • Gulmat Haytmetov — Gurlan tumanidagi „Xaytimmat ota“ fermer xoʻjaligi boshligʻi

2007-yil[tahrir]

  • Hamza Mahkamov — „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ davlat aksiyadorlik kompaniyasining 166-yoʻl mashina stansiyasi temir yoʻl qurish mexanizmi mashinisti
  • Toir Dadaxonov — „12-trest“ ochiq aksiyadorlik jamiyatining 50-qurilish boshqarmasi montajchi-payvandchilar brigadasi boshligʻi
  • Xalchaxon Mirzayeva — Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi „Xaticha aya“ fermer xoʻjaligi boshligʻi
  • Saydali Raxmanov — Olmaliq togʻ-metallurgiya kombinati ochiq aksiyadorlik jamiyati „Qolmaqir“ konining ekskavator mashinisti
  • Zarxoʻja Saidazimov — „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ milliy aviakompaniyasi „Boing“ uchuvchilar otryadining uchuvchi-yoʻriqchisi

2008-yil[tahrir]

  • Isaxan Baxromov — Angor tumanidagi „Saidnosirxon“ fermer xoʻjaligi boshligʻi
  • Farxat Soyibov — Navoiy kon-metallurgiya kombinati Markaziy kon boshqarmasi 2-Gidrometallurgiya zavodining sex boshligʻi
  • Siyosatxon Abdullaeva — Oltinkoʻl tumanidagi „Oltinkoʻl vodiy gulshani“ fermer xoʻjaligi boshligʻi
  • Egambergan Karimov — Urganch avtomobil va yoʻllar kasb-hunar kolleji direktori
  • Gayratdin Xojaniyazov — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi tarix, arxeologiya va etnografiya institutining arxeologiya boʻlimi mudiri

2009-yil[tahrir]

  • Komil Ibrogimov — „Navoiy issiqlik elektr stansiyasi“ ochiq aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish texnika boʻlimi smena boshligʻi
  • Toʻra Narziev — „Amu-Buxorokanalqurilish“ aksiyadorlik jamiyatiga qarashli 4-koʻchma mexanizatsiyalashgan jamlanma ekskavatorchisi
  • Alim Tuychiev — „Oʻzbekiston metallurgiya kombinati“ aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasining elektrda poʻlat eritish sexi erituvchisi

2010-yil[tahrir]

  • Yusup Ziyaev — „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasining 166-yoʻl mashina stansiyasi temir yoʻl qurish mexanizmi mashinisti
  • Kamolidin Gʻopirov — Shahrixon tumanidagi 53-maktab internati direktori
  • Patila Ergasheva — Buvayda tumanidagi „Patilaxon“ fermer xoʻjaligi boshligʻi

2011-yil[tahrir]

  • Sarsenbay Seytnazarov — Taxtakoʻpir tumanidagi „Tayimbet“ fermer xoʻjaligi boshligʻi
  • Aleksandr Farmanov — „Olmaliq kon-metallurgiya kombinati“ ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi — bosh direktori
  • Xasanboy Qosimov — „GM O‘zbekiston“ aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish texnologiyasi boʻlimi bosh texnologi

2012-yil[tahrir]

  • Sodiqjon Turdiev — Asaka tumani „Asaka jilosi“ fermer xoʻjaligi boshligʻi
  • Xalidjan Kamilov — Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining oftalmologiya kafedrasi professori
  • Mirzaxmat Shaimov — „Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi“ ochiq aksiyadorlik jamiyati bosh muhandisi

2013-yil[tahrir]

  • Turgun Azlarov — Shayxontohur tumanidagi 40-umumiy oʻrta taʼlim maktabi matematika va informatika fanlari oʻqituvchisi
  • Ochilboy Ramatov — „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi
  • Anorboy Eshmatov — Paxtakor tumanidagi „Anvar“ fermer xoʻjaligi boshligʻi

2014-yil[tahrir]

  • Abdimurat Bazarov — Qamashi tumanidagi „Bozor oʻgʻli Abdi“ fermer xoʻjaligi boshligʻi
  • Shukurjon Mamatkulov — Oltinkoʻl iqtisodiyot kolleji direktori
  • Zayniddin Nizamxodjaev — Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi boʻlim mudiri

2015-yil[tahrir]

2016-yil[tahrir]

2018-yil[tahrir]

2019-yil[tahrir]

  • Yerniyazov Musa Tajetdinovich — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi
  • Murotova Lola Neʼmatovna — Fargʻona viloyati Oltiariq tumani „Nurli obod“ fermer xoʻjaligi boshligʻi
  • Normuradov Xasan Norbekovich — „Nuroniy“ jamgʻarmasining Samarqand viloyati boʻlimi raisi[4]

Manbalar[tahrir]