Heike Kamerlingh Onnes: Versiyalar orasidagi farq
Tahrir izohi yoʻq |
Umarxon III (munozara | hissa) Tahrir izohi yoʻq |
||
Qator 71: | Qator 71: | ||
{{Fizika boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari}} |
{{Fizika boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari}} |
||
{{scientist-stub}} |
|||
[[Turkum:Olimlar]] |
[[Turkum:Olimlar]] |
||
[[Turkum:Fizika]] |
[[Turkum:Fizika]] |
2-Dekabr 2015, 15:04 dagi koʻrinishi
Heike Kamerlingh Onnes | |
---|---|
Tavalludi |
21-sentyabr 1853-yil Groningen, Niderlandiya |
Vafoti |
21-fevral 1926-yil (72 yoshda) Leyden, Niderlandiya |
Fuqaroligi | Kingdom of the Netherlands |
Millati | Niderlandiya |
Sohasi | Physics |
Ish joylari |
University of Leiden Delft Polytechnic |
Taʼlimi |
Geydelberg universiteti Groningen universiteti |
Akademik rahbarlari | Rudolf Adriaan Mees |
Mashhur shogirdlari |
Jacob Clay Claude Crommelin Wander de Haas Gilles Holst Johannes Kuenen Remmelt Sissingh Ewoud van Everdingen Jules Verschaffelt Pieter Zeeman |
Mashhur ishlari |
Onnes-effect O‘ta oquvchanlik Oʻta oʻtkazuvchanlik |
Mukofotlari | Andoza:No wrap |
Heyke Kammerling-Onnes (niderlandcha: Heike Kamerlingh Onnes) — golland fiziki va kimyogari. Tarixda ilk bora, past haroratlar fizikasida amaliy natijalarga erishgan olim hisoblanadi. Uning o‘z davri uchun rekord hisoblangan 0.9 Kelvin haroratga erishgani va bu orqali suyuq geliy olish usulini kashf etgani uchun, fizika bo‘yicha 1913-yilgi Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Shu tufayli ham uning ilmiy doiralardagi hazilomuz unvoni (Janob Mutlaq nol) bo‘lgan.
Tarjimai holi
Kammerling-Onnes 1853-yilning 21-sentyabr kuni, Gollandiyaning Gröningen shaxrida tug‘ilgan[1]. O‘rta taʼlimni o‘z shahridagi maktabda tamomlagach, 1870-yilda Groningen universitetining Fizika va Matematika bo‘limiga o‘qishga kiradi. Keyinroq oliy taʼlimni Geydelberg universitetida, mashhur olimlar Kirxgof va Bunzenlar qo‘l ostida davom ettirgan. 1873-yilda u yana Groningenga qaytib keladi. 1878-1882-yillar davomida Kammerling-Onnes, Delfta universitetida maʼruzalar o‘qiy boshlagan. 1882-yilda uni, Gollandiyaning eng mashhur oliy taʼlim muassasalaridan biri bo‘lgan Leyden universitetiga, amaliy fizika fanlari professori lavozimiga taklif etishadi va Kammerling-Onnes ushbu lavozimni qabul qiladi.
Faoliyati
Kammerling-Onnesning doktorlik dissertatsiyasi o‘ziga xos mavzuda bo‘lib, unda olim Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishini g‘ayrioddiy usul bilan isbotlashga uringan. 1883-yilda himoya qilingan mazkur dissertatsiya, yirik ilmiy doiralarda katta qiziqish va munozaralarga sabab bo‘lib, olimga ilk muvaffaqiyatlar uchun katta yo‘l ochib beradi. Bu orada uning ilmiy qiziqishlari doirasi, gazlarni siqish va ularning past haroratlardagi xossalarini o‘rganish masalalariga qaratilib, olim laboratoriya sharoitlarida mutlaq nol haroratga erishish uchun ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni boshlagan. Ushbu maqsadda uning shaxsiy tashabbusi bilan, 1894-yilda Leyden universiteti qoshida Kriogen texnikasi laboratoriyasini tashkilkashtiradi va laboratoriyaning eng birinchi direktori etib, aynan Kammerling-Onnes tayinlanadi. Laboratoriyaning ilmiy-amaliy ehtiyojlari uchun, olimning o‘zi o‘sha yildayoq maxsus yangicha qurilma — gazlarni siqib-suyultiruvchi ilmiy-tajriba dastgohini yasaydi. Mazkur qurilmaning ishlab chiqarish samaradorlik ko‘rsatkichlari shu darajada yuqori bo‘lganki, undan keyingi bir necha o‘n yilliklar davomida ham yetarlicha foydalanish mumkin bo‘lgan ekan. Kammerling-Onnes, o‘zi tayyorlagan qurilma va laboratoriyada, tarixda ilk bora suyuq kislorod va suyuq neon moddalarini olishga muvaffaq bo‘lgan[1]. 1906-yilda esa suyuq vodorod olishni ham uddalagan.
1908-yilga kelib olim, tarixda ilk bora suyuq geliyni olishga erishgan va bir vaqtning o‘zida, o‘sha davr uchun eng past haroratni, yaʼni, 0.9 Kelvinni hosil qilishga erishgan. Ushbu tajribaning asosiy maqsadi mutlaq nol haroratga erishish bo‘lmay, balki, o‘ta past haroratlarda moddalarning xossalarini tadqiq qilish bo‘lib, jumladan uning asosiy muddaolari:
- o‘ta past haroratlardagi elementlarning yutish spektrlari;
- turli birikmalarning fosforoessensiyalari;
- suyultirilgan gazlarning qovushqoqlik ko‘rsatkichlari;
- hamda, moddalarning magnit xossalarini o‘rganish masalalarini o‘z ichiga olgan.
1911-yilga kelib, Kammerling-Onnes, simobning elektr o‘tkazuvchanligi 4.2 Kelvin haroratda birdaniga keskin kamayishini aniqlashga muvaffq boʻlgan. Ushbu hodisa fizikada o‘ta-o‘tkazuvchanlik nomini olgan[2] . Bir yil o‘tib, u suyuq geliyning o‘ta oquvchanlik xossasini kashf etadi[3] . Ushbu masalalar yuzasidan tekshiruvlarni davom ettirib, 1913-yilda, kuchli magnit maydoni ham toklar taʼsirida o‘ta-o‘tkazuvchanlikning buzilishi hodisasini aniqlaydi. Aynan shu yili Heyke Kammerling-Onnesni, Natijasi suyuq geliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilishiga sabab bo‘lgan, o‘ta past haroratlardagi moddalarning xossalarini tadqiq qilgani uchun fizika bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan. Past haroratlar fizikasida erishgan yutuqlari sharafiga u, hamkasblari orasida (Janob Mutlaq nol) taxallusi bilan atala boshlangan[4][5].
Olimning past haroratlar fizikasida faqat nazariyot bilan cheklanib qolmasdan, balki, mazkur soha yutuqlarini amaliyotga tadbiq etish borasida ham amalga oshirgan. Chunonchi u, sovutgichli vagonlar (refrijeratorlar) hamda, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash tizimlarini loyihalash-muhandislik ishlarida faol ishtirok etgan.
Unvonlari
Kammerling-Onnesning fan oldidagi sharafli xizmatlari uchun, uni ko‘plab nufuzli akademiya va ilmiy muassasalarning faxriy aʼzoligiga saylashgan bo‘lib, masalan u Berlin universitetining Faxriy Doktori, Amsterdam Qirollik Fanlar Akademiyasining haqiqiy aʼzosi, shuningdek, Kopengagen, Gettingen, Galle, Uppsala, Turin va Venadagi joylashgan Fanlar Akademiyalarining faxriy aʼzoligiga saylangan[6]. Bulardan tashqari olim, fan oldidagi xizmatlari uchun, London Qirollik Jamiyatining Rumford mukofoti, Franklin universitetining „Franklin“ medali, hamda, Italiya Milliy Fanlar Akademiyasining „Metuchchi“ medallari bilan taqdirlangan.
Heyke Kammerling-Onnes, 1926-yilning 21-fevral sanasida Leydenda vafot etgan.
Meros
Uning o‘zi tashkillagan ajoyib ilmiy laboratoriyasi va ko‘p sonli mutaxassis shogirdlari, keyingi davrlarda ham ilm-fanning turli sohalarida yangidan-yangi yutuqlarga erishib, Kammerling-Onnes maktabining nufuzini yanada ortishiga sabab bo‘lishgan. Xususan uning eng iqtidorli shogirdlaridan bir bo‘lgan olim Willem Hendrik Keesom, 1926-yilda, tarixda ilk bora qattiq holatdagi geliyni olishga erishgan.
Hozirda, Heyke Kammerling-Onnes tashkil etgan Leyden kriogen laboratoriyasi, uning nomi bilan ataladi; shuningdek, o‘sha laboratoriyada, olimning o‘zi loyihalagan mashhur kriogen qurilmasi namoyishga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu qurilmaga ham, uning nomi berilgan. Bundan tashqari, Oydagi kraterlardan biri, Kammerling-Onnes sharafiga, uning nomi bilan ataladi[7].
Adabiyotlar
- ''Волков В. А., Явелов Б. Е.'' Переписка А. Г. Столетова с Г. Камерлинг-Оннесом // Исследования по истории физики и механики. 1990. — {{М.}}: Наука, 1990. — С. 186—197. ISBN 5-02-000738-2
- Andoza:Книга:Храмов Ю. А.:Физики
- de Bruyn Ouboter, Rudolf (March 1997). "Heike Kamerlingh Onnes’s Discovery of Superconductivity". Scientific American 276 (3): 98–103. doi:10.1038/scientificamerican0397-98.
- Laesecke, Arno (May–June 2002). "Through Measurement to Knowledge: The Inaugural Lecture of Heike Kamerlingh Onnes (1882)" (PDF). Journal of Research of the National Institute of Standards and Technology 107 (3): 261–277. doi:10.6028/jres.107.021. http://nvl.nist.gov/pub/nistpubs/jres/107/3/j73lae.pdf.
- Reif-Acherman, Simón (June 2004). "Heike Kamerlingh Onnes: Master of Experimental Technique and Quantitative Research" (PDF). Physics in Perspective 6 (2): 197–223. doi:10.1007/s00016-003-0193-8. http://www.springerlink.com/content/abn2kb4vrwx5yc2n/fulltext.pdf.
- Van Delft, D. „Freezing Physics: Heike Kamerlingh Onnes and the Quest for Cold“
- Levelt-Sengers, J. M. H., „How fluids unmix : discoveries by the School of Van der Waals and Kamerlingh Onnes“. Amsterdam, Koninklijke Nederlandse Akademie van Wetenschappen, 2002. ISBN 90-6984-357-9.
- Kamerlingh Onnes, Heike, (Gavroglou, Kōstas. [ed.], and Goudaroulis, Yorgos [ed.]) „Through measurement to knowledge : the selected papers of Heike Kamerlingh Onnes (1853-1926)“. Dordrecht, Boston, Kluwer Academic Publishers, c1991. Goudaroulis, Yorgos. ISBN 0-7923-0825-5
- International Institute of Refrigeration (First International Commission), „Rapports et communications issus du Laboratoire Kamerlingh Onnes“. International Congress of Refrigeration (7th; 1936; La Hauge), Amsterdam, 1936.
Havolalar
- Kammerling Onnes Heyke - orbita.uz saytida
- Камерлинг-Оннес (Kamerlingh-Onnes), Хейке. Биография на сайте электронной библиотеки «Наука и техника»
- Информация с сайта Нобелевского комитета(ingl.)
- Andoza:Сотрудник РАН
- Хейке Камерлинг-Оннес. Биографический очерк
Manbalar
- ↑ 1,0 1,1 „The Nobel Prize in Physics 1913: Heike Kamerlingh Onnes“. Nobel Media AB. Qaraldi: 2012-yil 24-aprel.
- ↑ van Delft, Dirk and Kes, Peter (September 2010). "The Discovery of Superconductivity". Physics Today 63: 38–43. doi:10.1063/1.3490499. http://ilorentz.org/history/cold/DelftKes_HKO_PT.pdf.
- ↑ van Delft, Dirk (2007) Freezing physics, Heike Kamerlingh Onnes and the quest for cold, Edita, Amsterdam, ISBN 9069845199.
- ↑ Matthiessen, A.; von Bose, M. (1862). "On the Influence of Temperature on the Electric Conducting Power of Metals". Philosophical Transactions of the Royal Society of London 152: 1–27. doi:10.1098/rstl.1862.0001.
- ↑ Matthiessen, A.; Vogt, C. (1864). "On the Influence of Temperature on the Electric Conducting-Power of Alloys". Philosophical Transactions of the Royal Society of London 154: 167–200. doi:10.1098/rstl.1864.0004.
- ↑ „Heike Kamerlingh Onnes (1853 - 1926)“. Royal Netherlands Academy of Arts and Sciences. Qaraldi: 2015-yil 22-iyul.
- ↑ Howard, Irmgard (2002). "H Is for Enthalpy, Thanks to Heike Kamerlingh Onnes and Alfred W. Porter". Journal of Chemical Education (ACS Publications) 79 (6): 697. doi:10.1021/ed079p697. http://pubs.acs.org/doi/abs/10.1021/ed079p697.