Kriogen texnikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kriogen texnikasi - kriogen temperaturalar, yaʼni 120°K dan past temperaturalar hosil qilish, toʻtib turish va ulardan foydalanish texnikasi. Kriogen texnikasi vositalari: kriostat va shunga oʻxshash boshqa qurilmalar; suyultirilgan va qattiq holatga keltirilgan gazlar (kislorod, azot, geliy va boshqalar) ishlab chiqaradigan qurilma va apparatlar; bu gazlarni saqlash va tashish uchun idishlar; oʻta past temperaturalardan foydalanib izotop va gaz aralashmalariga ajratuvchi qurilmalar. Boʻlardan tashqari, kriogen vakuum vasoslari, oʻta oʻtkazuvchan kriogen generatorlar, dvigatellar va gazli sovitish mashivasi asosidagi solenoidlar, mikrosovitkichlar va boshqalar Kriogen texnikasi ning vositalari boʻlib xizmat qiladi. Kriogen texnikasi vositalari va usullardan energetikada, kriogen elektronikada, metallurgiya, atom, kosmik va raketa texnikasida, shuningdek, tibbiyotda (kriojarrohlik asboblari), biol.da (kriobiologiya), qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati va boshqalarda foydalaniladi. Kriogen temperaturalarni fan va texnikaning koʻp sohalarida qoʻllash natijasida Kriogen texnikasi ning bir necha mustaqil yoʻnalishlari, mas, krioelektronika, kriobiologiya va boshqa paydo boʻldi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil