Kontent qismiga oʻtish

Koʻkyongʻoq koʻmir koni

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Koʻkyongʻoq koʻmir koni - Far gʻova togʻ tizmasining jan.-gʻarbiy etaqlarida, Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyatida, Jalolobod shahridan shim.-sharqda joylashgan kon. Oʻrta Osiyodagi yirik-koʻmir konlaridan. Kondan koʻmir 1896-yildan kustar usulda qazib olina boshlagan. Konning geologik tuzilishida paleozoy, yura, boʻr, toʻrtlamchi davr togʻ jinslari ishtirok etgan. Koʻmir qatlamlari yura jinslarida. Qatlamlar umumiy qalinligi 0,8 dan 25 m gacha. Koʻmirning kulliligi 15% dan ortiq. Yonuvchi komponentlar 37% dan koʻp. Oz miqdorda oltingugurt (1,3%) bor. Koʻmirning issiqlik berishi 7600 kkal/m3. Yarim kokslanuvchan. 1 t koʻmirdan 750–800 kg yarim koks olish mumkin. Koʻkyongʻoq kumir konik. koʻmiri, asosan, yoqilgʻi sifatida ishlati-ladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil