Proton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Proton - musbat zaryadlangan barqaror elementar zarracha. Barcha modda atomlarining asosiy massasini protonlar tashkil qiladi.


Proton (yun. protos — birinchi), r — musbat elektr zaryadi u=1,602191710~" Kl ga ega barqaror elementar zarra. Tinch holatdagi massasi tr = 1,672610~27 kg ga, spini 1/2 ga va magnit momenti sr=2,792782 syad ga (syad — yadro magneto-ni) teng . P. kuchli, elektromagnit, kuch-siz va gravitatsion oʻzaro taʼsir ja-rayonlarida qatnashadi va u barionlar sinfiga kiradi; Fermi —Dirak statistikasiga boʻysunadi. U vodorodning eng yengil izotopi — protiyning yadrosi hisoblanadi.

P. barcha kimyoviy elementlar atomining yadrosi tarkibiga kiradi. Yadrodagi P.lar soni kimyoviy elementning atom raqamini, yaʼni D. I. Mendeleyev davriy sistemasitsags oʻrnini bildiradi. Chunonchi, vodorod atomi yadrosi 1 ta P.dan tashkil topgan. P. — birlamchi kosmik nurlarning asosiy qismi. Zaryadlangan zarralar tezlatkichlarida olingan P. dastalari yadro fizikasi va elementar zarralar fi-zikasida asosiy tajriba quroli hisoblanadi. Radioaktivatsiya tahlilida, shuningdek, radioaktiv izotoplarni olishda P.dan foydalaniladi.

Tabiatda P.ga antizarra hisoblanuvchi antiproton ham mavjud. Antiprotonning hamma zaryadlarining ishorasi P. zaryadlariga teskari boʻladi.

P. haqidagi tasavvur 1910 y.larda barcha yadrolar vodorod atomi yadrosidan tuziladi, degan gipoteza tarzida yuzaga keldi. 1919—20 y.larda E. Rezer-ford boshka elementlardan a-zarralar urib chiqargan vodorod yadrolarini tajribada kuzatdi va u 20-y.larda fanga "P." terminini kiritdi. Elementlar tartib rakamlarining atom massalaridan kichikligi haqidagi masala neytronning topilishi bilan 1932 y.da uzil-kesil hal qilindi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
 k  m  t 
Elementar zarrachalar
Fermionlar: Kvarklar: Yuqori · quyi · Gʻalati · Mahliyo · Ost · Ust | Leptonlar: Elektron · Muon · Tau · Neytrinolar
Bozonlar: Kalibrli bozonlar: Foton · W va Z bozonlari · Gluon
Hali kuzatilmagan zarrachalar: Higgs bozoni | Graviton | Boshqa gipotetik zarrachalar

Manbalar[tahrir]