Nikosiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nicosia 01-2017 img20 View from Shacolas Tower.jpg

Nikosiya, Lefkosiya — Kipr poytaxti. Mamlakatning muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Orolning deyarli qoq markazida, Mesaoriya tekisligida joylashgan. Iklimi subtropik, oʻrta dengiz iklimi. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 10°, iyulniki 28°. Yiliga oʻrtacha 360 mm yogʻin yogʻadi. Shahar oʻrmonsiz dasht zonadagi yashil voha koʻrinishiga ega. Aholisi 270,8 ming kishi (1999, shahar atrofi bilan).

Shaharga taxminan miloddan avvalgi 7-asrda asos solingan va dastlab Ledra, keyinroq Levkoteon deb atalgan. Miloddan avvalgi 58 yilda shaharni rimliklar bosib olgan va Rim imperiyasi, keyinroq Vizantiya tarkibiga kirgan. 1192—1489 yillarda Kipr salbchilari qirolligi poytaxti. 1570 yilda Usmonli turklar tasarrufiga oʻtgan. 1960 yildan Kipr Respublikasi poytaxti.

N. — transport yoʻllari tuguni. Aero-porti xalqaro ahamiyatga ega Toʻqimachilik, tamaki, oziq-ovqat, koʻn-poyabzal, yogʻochsozlik, metallsozlik sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik (kulolchilik) rivojlangan. Turizm markazi. Arxeologiya muzeyi, Kipr tarixi va madaniyati muzeyi, Sulton Mahmud Nikosiya shahri. Arxiyepiskop saroyi.

II turk kutubxonasi, kartinalar galereyasi, oliy oʻquv yurtlari, teatr bor. Qalʼa devori bilan oʻralgan shahar markazida meʼmoriy yodgorliklardan Ayo Sofiya gotika sobori (hozirgi Salimiya masjidi), cherkovlar, Umariya masjidi, arxiyepiskop saroyi, Bediston yopiq bozori va boshqa saqlantan. Venetsiya qalʼasidan tashqarida koʻplab zamonaviy binolar qurilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil