Xanoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

XanoyVyetnam poytaxti, Xongxa daryosining Bakbo qoʻltigʻiga kuyilish yeridan 175 km masofada joylashgan. Atrofidagi hududlar bilan markazga boʻysunuvchi maʼmuriy birlikni tashkil etadi. Aholisi 1,24 mln. kishi (1998). Iklimi mussonli, subekvatorial, yanvarning oʻrtacha tempaturasi 16°, iyulniki 29°. Yillik yogʻin 1800 mm. Transport yoʻllari chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Dengiz avanporti – Xayfon.

Xanoy – mamlakatning muhim iktisodiy va madaniy markazi. Mamlakat sanoat mahsulotining 1/6 qismi Xanoyda ishlab chikariladi. Mashinasozlik (jumladan, stanoksozlik, transport, elektrotexnika), kimyo, yogʻochsozlik, toʻqimachilik (ip gazlama, ipak), oziq-ovqat (jumladan, tamaki), keramika sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilikda uyroʻzgʻor, badiiy buyumlar tayyorlanadi. Kauchuk qayta ishlanadi. universitet (1918), politexnika instituti, Xo Shi Min maqbarasi, muzeylar, botanika bogʻi bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Konfutsiyga bagʻishlangan "Adabiyot maskani" ibodatxona majmuasi (1070), DyenBo pagodasi (11-asr) va boshqa saqlangan. Shahar 2 qismdan: Eski shahar va Yangi shahardan iborat. X.ga 5-asrda (baʼzi maʼlumotlarga koʻra 8-asr da) asos solingan. 9–11-asrlarda Dayla, 11-asrdan 1833 yilgacha Txanglaung yoki Dongkin deb atalgan. 1804 yilda poytaxt Xyue shahriga koʻchirilgach, X. Vyetnam shimoliy qismining bosh shahri boʻlib qoldi. 19-asrning 80-yillari oʻrtalarida Tonkiy fransuz protektoratining maʼmuriy markazi, 1902 yildan Fransiya Hindixitoyi mustamlakasi maʼmuriy markazi. 1976 yil 2 iyuddan Vyetnam Sotsialistik Respublikasi poytaxti.