Abxaziya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Abxaziyaning joylashuvi.
Abkhazia02.png

Abxaziya, Abxaziya Respublikasi (abx. Aҧsni Apsny, gurj. აფხაზეთი Apxazeti, arm. Աբխազիա Abxazia, rus. Abxaziya Abxaziya)– Gurjiston Respublikasi tarkibida. 1921 yil 4 martda tashkil topgan. Zakavkazening shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan. Janubi-g‘arbiy qismi Qora dengizga tutashadi. Maydoni 8,7 ming km². Aholisi 530 mingdan ortiq kishi (1999). 5 tuman, 7 shahar, 4 shaharcha bor. Poytaxti – Suxumi shahri

Tabiati[tahrir]

Abxaziya hududining ko‘pchilik qismi Katta Kavkaz tog‘ tizmasining etaklari va yon bag‘irlarida joylashgan (Gagra, Bzib, Abxaziya, Kodori tizmalari). Ayrim joylarda tog‘larning bal. 3–4 ming m ga yetadi. Dovonlar ham bor. Qora dengiz bo‘ylab torgina tekislik cho‘zilgan. Jan.-sharqida Kolxida pasttekisligi joylashgan. Foydali qazilmalari: toshko‘mir, qurilish ma-teriallari, barit, simob, polimetall rudalar. Iqlimi – nam subtropik, tog‘larda – mo‘’tadil sovuq va sovuq. Sohilda yanvar temperaturasi 4°, 7°, tog‘larda –2° gacha; iyulda sohilda 22°, 24°, tog‘larda 16°, 18°. Yog‘in miqdori pasttekisliklarda 1300–1500 mm, togʻlarda 2400 mmgacha. Daryolari: Bzib, Kodori, Galidzga, Gumista; koʻllari: Ritsa, Amtkeli. Pasttekislik va togʻ etaklari botqoq, allyuvial, podzol, ayrim joylar sariq, qizil tuproqli. Balandlashgan sari chirindi karbonatli, qoʻngʻir togʻ-oʻrmon hamda togʻ-oʻtloq tuproqlar uchraydi. Mamlakat hududining 55 % dan koʻprogʻi oʻrmon (samshit, buk, dub, qoraqayin, kashtan, grab daraxtlari), yuqoriroqda oq qaragʻay, undan balandda subalp va alp oʻtloqlari bor. Subtropik oʻsimliklardan xurmo, evkalipt, sarv va boshqa oʻsadi. Abxaziya hududida Ritsa, Gumista, Pitsunda-Myusser qoʻriqxonalari bor. Aholisi. Asosiy aholisi abxazlar va gurjlar. Ular sohil tumanlari va togʻ yon bagʻirlarida yashaydi. Shaharlari: Ochamchira, Gudauta, Gagra (dengiz portlari), Gali, Tkvarcheli. Abxazlar oʻzlarini apsua deb ataydilar. Davlat tili – abxaz tili.

Tarixi[tahrir]

Abxaz xalqining ajdodlari haqidagi dastlabki maʼlumotlar jez asrining keyingi davridan boshlanadi. Mil. av. 1- minginchi yil oʻrtalarida Abxaziya Kolxida qirolligining bir qismi bo‘lgan. Mil. av. 2-asr oxiri –1-asrning boshlarida Abxaziya Pont qirolligi, mil. av. 65 yildan Rim qaramog‘ida bo‘lgan. 4-asrda G‘arbiy Gurjistonda vujudga kelgan Laz qirolligi tarkibiga kirgan. 4– 6-asrlarda butun Abxaziyani Vizantiya zabt etgan. 8-asrga kelib abxazlar Vizantiyaga ito-at etmay qo‘ydi. Shu asrning 80-ylarida G‘arbiy Gurjiston yerlari Abxaziya qirolligiga birlashtirildi. 16-asrdan Abxaziya Turkiyaga qaram bo‘lib qoldi va abxazlar yerlari iqtisodiy-madaniy inqirozga uchradi. 1810 yilda Abxaziya Rossiyaga qo‘shib olindi. 19-asr boshlarida abxazlar Axchipsou, Aibga, Dal, Sabal, Psxu kabi erkin jamoalar tarzida kun kechirgan. Har biri bir necha ming kishidan iborat bo‘lgan erkin jamoalar qon-qardoshlik guruhlariga bo‘linar va ular o‘rtasidagi munosabatlar abxazlarning anʼanaviy huquqiga asoslanar, hamma masalani jamoa oqsoqoli hal qilar edi. Asrlar davomida Abxaziya knyazligining markazlashuv darajasi avvalo hokim knyazning shaxsiy obro‘-eʼtiboriga bog‘liq bo‘lgan. Ko‘pincha u va mahalliy zodagonlar erkin jamoalarni nazorat qilmasdi. Abxaziya Rossiyaga qo‘shib olingach, bir necha o‘n yillar davomida vaziyat notinch bo‘ldi. Aholining bir qismi Turkiya tarafdori edi. 1864 yilgi Kavkaz urushidan keyin Abxaziya ning muxto-riyat maqomidan mahrum etilishi vazi-yatni keskinlashtirib yubordi. Ommaviy norozilik 1866 yilda abxazlarning yalpi qo‘zg‘oloniga aylanib ketdi. Rus jazo otryadlari qo‘zg‘olonni shafqatsizlik bilan bostirdi. Maʼmurlar g‘alayonchi ab-xazlarni Turkiyaga ko‘chira boshladi. 1877-78 yillardagi rus-turk urushida abxazlar Turkiya tarafida faol ishtirok etishi sababli ularni majburan Turkiyaga ko‘chirish ommaviy tus oldi. Natijada abxazlar yashab kelgan hudud ikkiga: shim,-g‘arbiy (bzib) va janubi-sharqiy (ab-juy) qismlarga bo‘linib qoldi. Abxazlar tark etgan yerlarga Turkiyadan greklar va armanlar, Rossiyadan turli millat ki-shilari, Gurjistondan asosan megrellar ko‘chib kela boshladilar. Shu tariqa hozirgi Abxaziya turli-tuman millatlar yurti bo‘lib qoldi. 1921 yil 16 dekabrda Abxaziya shar-tnoma asosida Gurjiston tarkibiga kirdi. 1990 yil dekabrdan Abxaziya muxtor respublikasi, 1992 yil iyuldan Abxaziya Respublikasi. Abxaziyadagi 1990-yillardagi vaziyatning xususi-yatlari va o‘tkir gurj-abxaz mojarosining sabablari ko‘p jihatdan tarixiy o‘tmishga va 19–20-asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar harakteriga borib taqaladi.Xo‘jaligi. Abxaziya g‘arbiy va sharqiy iqtisodiy hududlarga bo‘linadi. Xo‘jaligida agrar soha ustun. Choy, tamaki, sitrus mevalari, efir moyli o‘simliklar ekiladi, makkajo‘xori yetishtiriladi. O‘rmonchilik va ko‘mir qazib olish tarmoqlari rivojlangan. 90- yillarning boshigacha sanatoriy-ku-rortlar tizimi alohida o‘rin olgan. Dengiz bo‘ylarida bog‘dorchilik va tokchilik, shuningdek chorvachilik (asosan qoramolchilik), parrandachilik, pilla-chilik, baliqchilik va asalarichilikka katta ahamiyat beriladi. Sanoatda oziq-ovqat, tamaki mahsulotlari, meva kon-servalari ishlab chiqariladi. Abxaziyada 4 tamaki-fermentatsiya zavodi, bir necha choy fabrikasi, Kodori taxta tilish kombinati bor. Mahalliy xom ashyo asosida efirli moy zavodlari, shuningdek charm poyabzal kombinati va bir necha tikuvchilik korxonalari ishlaydi. Elektr energiyasi asosan Tkvar-cheli elektr stansiyasi va Suxumi GESida hosil qilinadi. Mashinasozlik va kimyo sanoati, qurilish materiallari korxo-nalari bor. Abxaziya hududini Suxumi – Cherkasiya temir yoʻl va avtomobil yo‘llari kesib o‘tadi. Asosiy dengiz porti – Suxumi shahri Muhim iqlimiy kurortlar Suxumi, Gagra, Gudauta, Noviy Afon, Pitsundada joylashgan.Madaniyati. Abxaziya da o‘rta umumiy taʼlim maktablari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, oliy o‘quv yurtlari (Suxumi universiteti, Subtropik xo‘jalik instituti), ilmiy tadqiqot insti-tutlari, klub muassasalari, muzeylar, botanika bog‘i ishlab turibdi. Abxaz tilida gaz. va jurlar nashr etiladi. Ab-xaz, gurj va rus tillarida radio eshit-tirishlar olib boriladi. Retranslyatsiya teleko‘rsatuvi mavjud. Xalq og‘zaki ijodida qahramonlar haqidagi ertaklar, rivoyatlar, ovchilik haqidagi hikoyalar, bandi qilib qo‘yilgan Abrskil haqidagi qadimgi rivoyat, xalq qo‘shiqlari mashhur. Xalq shoiri D. Gulia abxaz adabiyotining asoschisi hisoblanadi. Cho‘pon va ovchi qo‘shiqlari, dehqonchilik va urf-odatlar bilan bog‘liq qo‘shiq va laparlar abxaz musiqasiga asos bo‘lgan. Abxaziya hududida jez davrining dolmen deb atalgan sag‘analari, qad. yunon va Rim davridan qolgan inshootlarning vay-ronalari (Dioskuriya– Sebastopolis, Anakopiya va boshqalar), Vizantiya davri (6–8-asrlar) meʼmoriy yodgorliklari – Noviy Afondagi ustunli bir gumbazli imorat, neolit va jez zamonlaridagi odam va hayvonlarning haykalchalari, naqshli keramika va bronza buyumlar saqlanib qolgan. 14-asrning boshlaridagi mini-atyuralar, 14–16-asrlardagi freskalar mashhur. Hozirgi zamon tasviriy sanʼatining shakllanishida 1918 yil ochilgan Suxumi badiiy maktabi muhim rol o‘ynagan. Abxaziyaning birinchi professional rassomi A. Shervashidze (Chachba) bo‘lgan. I. Somaya, N. Tebukashvili, Ch. Kukuladze, V. Mesxi, M. Eshba, B. Gogoberidze kabi sanʼatkorlar mashhur. Qadimdan amaliy-bezak sanʼati rivojlangan.[1]

Abkhazia

Ushbu tabaqa Rossiya, Nikaragua, Venesuela va Nauru,[2][3] hamda boshqa bahsli mintaqalar – Janubiy Osetiya va Transnistriya tomonidan tan olingan.[4]

Gurjiston hukumati va dunyoning koʻp mamlakatlari Abxaziyani Gurjiston hududining bir qismi, deb hisoblashadi.[5] Gurjiston hukumati uni Abxaziya Muxtor Respublikasi, deb nomlaydi. 2008-yil 28-avgustda Gurjiston parlamenti Abxaziyani „Rossiya bosib olgan hudud“, deb atash haqida qaror qabul qildi.[6][7]

Shuningdek qarang[tahrir]

Manbalar[tahrir]