Bandar-Seri-Begavan
Bandar-seri-begavan – Bruney poytaxti. Kalimantan orolning shimolida joylashgan. Janubiy Xitoy dengizi sohilidagi port. Aholisi 52 ming kishi (1991). Xalqaro aeroport bor. Mamlakatning savdo markazi. Yogʻochsozlik, kauchukni qayta ishlash, kema taʼmirlash korxonalari mavjud. Hunarmandchilikda mato toʻqiladi, yogʻoch va kumushdan turli buyumlar tayyorlanadi. Baliq ovlanadi. Universitet bor.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
|