Yerevan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search


Երևան
Yerevan
Flag of Yerevan
Bayroq
Official seal of Yerevan
Gerb
Yerevan panorama.png
Hukumat
 - mer Taron Margaryan
Aholi (2011)
 - Jami 1 121 900
 - Zichlik {{permi2km2||4896|1,121,900||}}
Vaqt hududi GMT+3 (UTC+3)
Birodar shaharlar Carrara, Antananarivu, Cambridge, Massachusetts, Marsel, Isfahon, Odessa, Tbilisi, Bayrut, Damashq, Monreal, Buenos Ayres, Bratislava, San Paulu, Kishinyov, Rostov-Don, Los Anjeles, Venesiya, Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Lion, Florensiya, Kiyev, Afina, Minsk, Podgoritsa, Sofiya, Nyu Deli, Rio-de-Janeyro, Kaliningrad, Amman, Shanxay
vebsayt: www.yerevan.am


Yerevan (1936 yilgacha Erivan) — Armaniston Respublikasi poytaxti. Armanistonning maʼmuriy, madaniy va ilmiy markazi. Ararat tekisligining shim. chekkasida, Razdan daryosi (Araksning chap irmogʻi) boʻyida. Iqlimi keskin kontinental. Yozi quruq va issiq, qishi qisqa, sovuq. Avg .ning oʻrtacha t-rasi 24,8°, yanv. niki —4,2°. Yiliga 320–350 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 1249 ming kishi (1995). Arxeologik qazishlarda topilgan mixxatli tosh boʻlagidan maʼlum boʻlishicha, Urartu podshosi Argishti I mil. av. 782 yilda Erebuni qalʼasini qurdirgan (shahar nomi ham shundan). Oʻsha qalʼa yonida hoz. Ye. vujudga kelgan. 13-a. oʻrtalaridan siyosiy va iqtisodiy mavqei orta borgan. 1604 yil Ye.ni Eron shohi Abbos I qoʻshinlari egallaganidan keyin shahar Yerevan xonligining markaziga aylandi. 17-a.da Ye. yirik karvon savdosi va hunarmandchilik markazlaridan biri. Rossiya-Eron urushi (1826—28)dan soʻng Ye.ni 1827 yil 1 okt.da rus qoʻshinlari egalladi va Turkmanchoy shartnomasi (1828)ga binoan Ye. Rossiyaga oʻtdi. 1828—40 yillarda Ye. Armaniston viloyati markazi, soʻng uyezd shahri, 1849 yildan Erivan gubernyasi markazi. Ye.ning Aleksandropol (hoz. Gyumri) t. y. orqali Tbilisi (1902) va Julfa (1908) b-n bogʻlanishi shaharning iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga olib keldi.

Eerevanda 1920 yil 29 noyabrda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. 1921 yil 2 aprelda Yereva Armaniston SSR poytaxti deb eʼlon qilindi. 1991 yil avg .da sovetlar hokimiyati barham topgach, oʻsha yilning 24 sentabrdan Ye. mustaqil Armanistonning poytaxti boʻldi.

Eerevan — Armanistonning muhim sanoat markazi. Mashinasozlik, kimyo va neft kimyosi, oziq-ovqat, yengil sanoat, mashinasozlik (elektronika sanoati va b.), kimyo va neft kimyosi (plastmassa, kimyoviy tola va reaktivlar, shina va b.) sanoatlari taraqqiy etgan. Sintetik kauchuk k-ti, "Polivinilatsetat", "Plastik", lak-boʻyoq z-dlari, farmatsevtika korxonasi, issiqlik elektr st-yasi mavjud. Asosiy oziq-ovqat sanoati korxonalari — vino, goʻsht, yogʻ-moy, eksperimental tamaki k-tlari, konyak, shampan vinolari, konserva z-dlari, yengil sanoat korxonalari — ipak va kamvol k-tlari, movut, trikotaj, ip, qoʻlqop, tikuvchilik, gilam, koʻn poyabzal f-kalari, kurilish materiallari korxonalari mavjud. Alyuminiy ishlab chiqariladi. Ye. — Armanistonning muxim transport tuguni. Tbilisi, Boku va Sevan b-n t. y. liniyalari orqali bogʻlangan. Avtomobil yoʻllari tuguni. 2 aeroport, metropoliten (1981 yildan), telemarkaz (1956 yildan) bor.

Armaniston Respublikasi Fanlar akademiyasi (1943 yildan), 11 oliy oʻquv yurti (Yerevan universiteti, politexnika, tibbiyot, zootexniya-veterinariya in-tlari, konservatoriya va b.), "Matenadaran" qad. qoʻlyozmalar in-ti, 13 teatr (shu jumladan opera va balet teatri, musiqali komediya teatri, filarmoniya, konservatoriya), 21 muzey (shu jumladan Armaniston tarixi muzeyi, Kartinalar galereyasi, Bolalar kartina galereyasi, Teatr muzeyi), Hukumat uyi (1955) bor.

Adabiyot[tahrir]

  • Akopyan T. X., Istoriya Yerevana (1801-1879 gg .), Yerevan, 1959.[1]

Shahar manzaralari[tahrir]

Yerevan panoramasi (yoz)


Yerevan panoramasi (qish)

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir]