Amerika (qitʼa)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amerika
Maydoni 42 549 000 km2
Aholisi 1,2 milliard[1]
Aholi zichligi 22,67/km2
Etnoxoronim amerikalik
Davlatlar 35
Tillar ispancha, inglizcha, portugalcha, fransuzcha va boshqalar
Vaqt mintaqalari UTC−10:00 dan UTC gacha


Amerika — ikki materik, yaʼni Shimoliy Amerika va Janubiy Amerikadan iborat qitʼa[2][3][4]; ular orasidagi chegara odatda Daren boʻyni, baʼzan esa Panama boʻyni orqali oʻtkaziladi. Dunyodagi eng katta Grenlandiya oroli va yon-atrofidagi bir qancha boshqa orollar ham Amerika tarkibiga kiradi. Gʻarbiy yarim sharda, Atlantika va Tinch okeanlari orasida. Shimoliy Amerikada koʻpincha Markaziy Amerika va Vest-Indiya orollari alohida ajratiladi. Umumiy maydoni 42,5 million km2. Aholisi 1,2 milliard kishi (2021)[1]. Grenlandiya va Shimoliy Amerikaning shimoli-sharqiy sohili 10—11-asrlarda normannlar tomonidan kashf etilgan deb hisoblanadi. Antil orollari, Janubiy Amerika sohilining shimoliy qismi hamda Shimoliy Amerikadagi Karib dengizi sohilining janubiy qismini 1492—1503-yillarda X. Kolumb kashf etgan. Amerika rasmiy kashf etilishidan 5 asr ilgari Beruniy Gʻarbiy yarim sharda ham quruqlik boʻlishi mumkin degan fikrni aytgan. Amerika italiyalik tadqiqotchi Amerigo Vespucci nomiga qoʻyilgan[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Population“. United Nations. Qaraldi: 25-iyul 2021-yil.
  2. 77Webster's New World College Dictionary, 2010 by Wiley Publishing, Inc., Cleveland, Ohio.
  3. Merriam Webster dictionary. Merriam-Webster, Incorporated, 2013. 
  4. "continent n. 5. a." (1989) Oxford English Dictionary, 2nd edition. Oxford University Press; „continent1 n.“ (2006) The Concise Oxford English Dictionary, 11th edition revised. (Ed.) Catherine Soanes and Angus Stevenson. Oxford University Press; „continent1 n.“ (2005) The New Oxford American Dictionary, 2nd edition. (Ed.) Erin McKean. Oxford University Press; „continent [2, n] 4 a“ (1996) 'Webster’s Third New International Dictionary, Unabridged. ProQuest Information and Learning; „continent“ (2007) Encyclopædia Britannica. Retrieved January 14, 2007, from Encyclopædia Britannica Online.
  5. „Cartographer Put 'America' on the Map 500 years Ago“. USA Today. Associated Press (24-aprel 2007-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2008-yil.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil