Islomobod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Islamabad skyline.jpg

IslomobodPokistonning poytaxti, mamlakatning shim.sharqida, Himolay togʻlari etagida, Potvar platosidagi vodiyda, 550 m balandlikda joylashgan. Iqlim sharoiti juda qulay, iyulda eng yuqori t-ra 39°, yanvar da eng past t-ra 3°.

I. maʼmuriy jihatdan markaziy hukumat tomonidan boshqariladigan federal poytaxt okrugi. Aholisi 529,2 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Xalqaro aeroport bor. Oziqovqat, yengil sanoat korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. I.ni qurish toʻgʻrisidagi qaror 1959 y.da qabul qilingan. Shaharni qurish 1961 y.dan, avval poytaxt boʻlib turgan Ravalpindi sh.dan 28 km narida boshlandi. I. mahalliy meʼmoriy xu-susiyatlar bilan uygʻunlashtirilgan holda qoz. zamon Yevropa shaharlari uslubida qurilgan. Shaqar muntazam rejaga ega va zonalarga boʻlingan. I.da Atom energiyasi instituti, Islomshunoslik instituti, Milliy kutubxona bor. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil