Al-Quvayt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Kuwait city at night.jpg

Kuvayt, Al-Kuvayt – Kuvaytning poytaxti. Fors qoʻltigʻidagi Kuvayt buxtasining janubiy sohilida. Aholisi 1 mln. kishi (1998). Iqlimi quruq tropik iqlim, oʻrtacha temperatura yanvarda 11°, iyulda 34°, yillik yogʻin 1000 mm dan ziyod. K. 18-asr boshidan qurila boshlagan. 1756 yildan Saboh amirligining poytaxti. 1871 yilda K.ni turklar, 1899 yilda inglizlar bosib olgan. 1961 yildan mustaqil mamlakat poytaxti.

Mamlakatning savdo-moliya va taqsimot markazi. K. – yirik dengiz porti (mamlakat importining 70% K. orqali oʻtadi). Avtomobil yoʻllari tuguni. Savdo firmalari, hukumat banklari, asosan, Al-Quvayt Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Tayyor qismlardan avtomobil yigʻish, sovitkich, televizorlar ishlab chiqarish, oziq-ovqat, sement, neft kimyosi, kema remonti korxonalari, dengiz suvini chuchuklantirib beruvchi zavod, issiqlik elektr stansiyasi mavjud. Baliq ovlanadi, marvarid olinadi. Milliy universitet (1966), ilmiy tadqiqot institutlari (neft geologiyasi boʻyicha), markaziy kutubxona (1936), etnografiya va arxeologiya muzeylari va boshqa bor. 6-asrda qurilgan qad. ibodatxona qoldiqlari saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil