Shanxay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shanxay
Xitoyda Shanxayning joylashuvi
Xitoyda Shanxayning joylashuvi
Davlat Xitoy bayrogʻi Xitoy
Hududiy birlik turi Munitsipal shahar
Asos sana 5-7-asr
Hukumat
 - mer Hang Zhen
Aholi (2007)
 - Jami 18,5 mln,
Vaqt hududi Xitoy standart vaqti (UTC+8)
Birodar shaharlar Yokohama, Osaka, Milan (shahar), Rotterdam, San Fransisko, Zagreb, Ōsaka Prefecture, Hamhung, Metro Manila, Karochi, Antverpen, Montreal, Piraeus, Pomeranian Voivodeship, Chicago, Hamburg, Kasablanka, Marsel, San Paulu, Sankt-Peterburg, Queensland, Istanbul, Hayfa, Pusan, Xoshimin, Port-vila, Dunedin, Toshkent, Portu, 'Adan Governorate, Windhoek, Santiago de Cuba Province, Espoo, Rosario, Xalisko, Liverpul, Maputu, Chiang Mai, Dubay, KwaZulu-Natal, Guayaquil, Valparaíso, Barcelona, Oslo, Constanța County, Kolombo, Bratislava Region, Central Denmark Region, Cork, East Java, Rhône-Alpes, Pnompen, Zalsburg, Kvebek, Vladivostok, South Jeolla Province, City of London, Nagasaki Prefecture, North Jeolla Province, Bazel, Aleksandriya, Lill, Gdańsk, London, Dubay, Hirakata, Neyagawa, Okahandja, Adan, Izumisano, Nikosiya, Bangkok, Winston-Salem, Konstansa, Yao
vebsayt: www.shanghai.gov.cn


Shanxay — Xitoydagi shahar. Yanszi daryosi estuariysida, uning oʻng irmogʻi — Xuanpu daryosi boʻyida joylashgan. Mamlakatning aholisi eng koʻp shahri, dunyo boʻyicha ham oldingi oʻrinlarda. Atrofidagi hududlar bilan alohida maʼmuriy birlik sifatida ajratilgan. Aholisi 13,1 mln. Kishi (1998). Sh. — Xitoyning yirik sanoat, transport va savdo markazi. Yirik dengiz va dare porti, mamlakat tashqi yuklarining yarmidan ortigʻi shu port orqali oʻtadi. Transport yoʻli, avtomobil yoʻllarining muhim chorrahasi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining deyarli 15% shahriga toʻgʻri keladi. Sanoat yalpi mahsulotining 50% ni ogʻir sanoat beradi. Mashinasozlik sanoati rivojlangan: elektroenergetika, neft, toʻqimachilik, konchilik, poligrafiya, qogʻoz va oziqovqat sanoatlari uchun jihozlar, elektr jihozlari, radio va elektronika apparaturalari, avtomobillar, dengiz kemalari, stanoklar, kino va fotoapparatlar, soat va boshqa ishlab chiqariladi. Tashqaridan keltiriladigan xom ashyo hisobiga kimyo sanoati (mineral oʻgʻitlar, kislotalar, plastmassa, sintetik smola, rezina, farmatsevtika buyumlari i.ch.) rivoj topgan. Neft qayta ishlanadi. Jahondagi eng yirik toʻqimachilik sanoati markazlaridan. Oziqovqat, xususan, tamaki sanoati korxonalari ishlab turibdi. Hunarmandchilikda suyak, yogʻoch oʻymakorligi, tosh va metall buyumlar yasash, kashtachilik va toʻqimachilik rivojlangan. Yirik nashriyotlar, untlar, ped. intlari, Xitoy FA filiali, i.t. muassasalari, ilmiy jamiyatlar, rasadxona, kutubxonalar, muzeylar bor.

Shaharning markaziy qismi va asosiy sanoat rnlari Xuanpu daryosining chap sohilida. Markazdan jan. tomon shaharning tarixiy negizi hisoblangan qismi — Nandaoda meʼmoriy yedgorliklar, shuningdek, hunarmandchilik ustaxonalari joylashgan.

SH. oʻrnida qadimda baliqchilar otlogi boʻlgan. 16-a.dan savdo va hunarmandchilik markazi. 1842 yildan Nankin shartnomasiga muvofiq, xorijiy savdo uchun ochiq deb eʼlon qilingan. 1854 yildan Bukj Britaniya, AQSH va Fransiya egallab olib, 1937 yilgacha shahar bojxonasini boshqarganlar. 19-a.ning 2-yarmidan mamlakatning yirik sanoat va savdo markaziga aylanib bordi. 1937—45 yillarda Yaponiya qoʻshinlari bosib olgan.

Shahar markazidagi binolar Yevropa meʼmorligi va milliy anʼanaviy uslublar uygʻunligida qurilgan. Meʼmoriy yodgorlikdardan (16—19-a.larga oid Linxua pagodasi, Chenxuanmyao va Yuyfesi (nefritli Budda haykali bilan) ibodatxonalari va boshqa saklangan.

shahrida xalqaro miqyosdagi uchrashuvlar oʻtkaziladi.

Shanxay shahri

Shanxay(xitoycha 上海) - Xitoy Xalq Respublikasi hududidagi shahar.

Nomning kelib chiqishi[tahrir]

Shanghai nomi yoziladigan birinchi ieroglifning maʼnosi «ustida», «tepa», «kirmoq/chiqmoq», ikkinchising maʼnisi— «dengiz»dir. Shanxay she'vasida /zɑ̃.'he/ (zanxe)deb talaffuz qilinadi. Birinchi marotaba bu nom Sun sulolasi paytida (XI asr) tilga olingan. Shanxay so'zining ma'nosi haqida har xil fikrlar bildirilgan,lekin rasmiy Xitoy tarixsunoslari shahar «yuqori dengiz» degan maʼnoni bildiradi deyishgan (海之上洋)).

Gʻarbda Shanxayni xar hil nomlar bilan atashgan. «Sharqiy Parij», «Sharq qirolichasi», «Sharq marvaridi» va xatto «Osiyo fohishasi» deb ham atashgan.