Pnompen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pnompen — Kambodja poytaxti, Tonlesap daryosining Mekong daryosiga quyilish joyidagi port. Iqlimi subekvatorial, mussonli ikdim. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 24,6°, iyulniki 27,5°. Yillik yogʻin oʻrtacha 1470 mm. Aholisi 920 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari), aksari kxemerlar. Transport yoʻllari tuguni. Transport yoʻli orqali Kampongsaom porti va Bangkok shahri bilan bogʻlangan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Kema va avtomobil taʼmirlash, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish, oziq-ovqat, yogʻochsozlik, tamaki, toʻkimachilik sanoati korxonalari, issiqlik elektr styasi bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

Rivoyatga koʻra, P. 14-asrda vujudga kelgan. 1443 yildan mamlakatning vaqtvaqti bilan, 1866 yildan esa doimiy poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklaridan Pnom ibodatxonasi, Qirol saroyi majmuasi va boshqa saqlangan. P. — mamlakatning madaniy va ilmiy markazi: 3 universitet, oliy texnika instituti, iqtisodiyot instituti va boshqa oliy oʻquv yurtlari, ilmiy jamiyatlar, muzeylar, kutubxonalar, teatrlar bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil