Jomolungma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jomolungma choʻqqisi
Jomolungma va uning atrofidagi landshaftning 3D koʻrinishi

Jomolungma (boshqa nomlari: Everest, Sagarmatxa) — Yer yuzidagi eng baland choʻqqi, Himolay togʻlarida, Nepal va Xitoy chegarasida joylashgan. Jomolungma qisman Sagarmatxa (Nepal) milliy bogʻi tarkibidadir. Balandligi 8848 metr Zamini kembriygacha vujudga kelgan gneys va granitlardan, 7000 m dan yuqori qismi mezozoyning kristalli ohaktosh va slanetslaridan tarkib topgan. Shakli piramidasimon. Togʻ tepasidan atrofga 5000 m balandlikkacha muzliklar oqib tushgan. Janubiy yon bagʻri tik boʻlgani uchun bu yerda qor turmaydi. Jomolungma choʻqqisiga 1953-yilning 29-mayida J.Xant boshliq ingliz ekspeditsiyasi aʼzolari — nepallik Tensing va yangizelandiyalik E.Xillari chiqib yetdilar. Ayollardan birinchi boʻlib yaponiyalik alpinist Yu.Tabey (1976) chiqqan. 1998-yilning 22-mayida 11 kishidan iborat Oʻzbekiston alpinistlari Jomolungma choʻqqisini zabt etdilar.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil