Pxenyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pxenyan— Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) poytaxti. Tedongan daryosi boʻyida, 300 m balandlikda. Iqlimi mussonli moʻʼtadil iqlim. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —8,2°, iyulniki 24°. Yillik yogʻin 922 mm. Axrlisi 2,6 mln. (1990-yillar oxiri). Alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan.

P. — Koreyaning qad. shaharlaridan. 4-asrda shahar oʻrnida qalʼa boʻlgan. 427— 668 yillarda Koguryo davlatining poytaxti. 10—14-asrlarda P. Sogyon deb atalgan. 1905—45 yillarda yaponlar qoʻl os-tida boʻlgan. 1948 yil 9 sentabrda P.da KXDR tuzilganligi eʼlon qilingan. 1950—53 yillardagi urush vaqtida bu-tunlay vayron boʻlgan. Urushdan keyin qayta tiklanib, zamonaviy shaharga aylangan.

P. mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Transport yoʻllarining muhim tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Atrofidagi shaharlar bilan yirik sanoat r-nini tashkil qiladi. Qora va rangli metallurgiya, koʻp tarmoqli mashinasozlik, elektrotexnika, toʻqimachilik (KXDR da eng yirik k-t), oziq-ovqat, kimyo sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Poyabzal, farmatsevtika, chinni-fayans, yogʻochsozlik korxonalari ishlab turibdi. Is-siqlik elektr styasi, metropoliten qurilgan. FA, universitet, teatrlar, konservatoriya, muzeylar, badiiy galereya bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan minora, qalʼa darvozalari, maqbaralar, pago-dalar saqlangan, bogʻ koʻp.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil