Bering dengizi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bering dengiziTinch okean shim.dagi yarim berk dengiz. Tinch okeanidan Aleut, Komandor orollari ajratib turadi. Maydoni 2315 ming km². Eng chuqur joyi 5500 m, shim.da 200 m.dan kam. Kirgʻoqlarining aksari qismi baland va tik yon bagʻirli qoyalardan iborat. Buxta va qoʻltiq koʻp. Eng katta qoʻltiqlari: Anadir, Olyutorka (RF sohilida), Norton, Bristol (Alaska, AQSH). Bering dengizi da SanLavrentiy, Karaga, Pribilov, Nunivak va boshqa juda koʻp orollar bor. Bering dengizi — Uzoq Sharqdagi eng yirik geosinklinal dengiz. Tubining qariyb yarmi kontinental shelfdan iborat. Bir necha tizma va ular orasida chuqur botiqlar bor. Materik yon bagʻri nisbatan tik. Suv osti kanʼonlari uchraydi. Tektonik parchalanish kuchli. Choʻkindilar materik yon bagʻrida asosan terrigen jinslardan iborat, shuningdek vulkanogen jinslar ham bor. Botiklarda choʻkindilar qalinligi 2,5 km ga stali. Bering dengizi ning chuqur qismi Yer poʻstining subokean tipiga mansub. Fevralda havoning urtacha temperaturasi shim.da —23°, jan. da 0° dan —4° gacha, avgustda shim.da 5°, jan.da 10°. Yiliga shim.da 200–400 mm, jan.da 1500 mm yogʻin tushadi. Anadir va Olyutorka qoʻltiqlari qariyb toʻqqiz oy muzlaydi. Anadir va Yukon daryolari quyiladi. Suvining shoʻrligi 30—33‰. Bering dengizi da baliq, morj, dengiz mushugi, tyulen ovlanadi. Qirgʻoqlari va orollarida qushlar bozori bor. Asosiy portlari: Provideniya (RF), Nom (AQSH). Dengiz V. Bering nomiga qoʻyilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil