Kuala Lumpur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
KL + Putrajaya locator.png

Kuala-Lumpur - Malayziyaning poytaxti. Mamlakatning muhim iqtisodiy, savdo-moliya va siyosiy markazi. Federal poytaxt hududining maʼmuriy markazi. Malakkaya.o.ningjan.gʻarbiy qismida, togʻlar bilan oʻralgan xushmanzara vodiyda, Klang va Gombak daryolarining qoʻshilish yerida joylashgan. Iqlimi tropik mussonli, nam iqlim (nisbiy namlik 96% gacha), yogʻin koʻp yogʻadi (yiliga oʻrtacha 2440 mm) va yil davomida temperatura yuqori boʻladi (oʻrtacha yillik temperatura 28,2°). Aholisi 1,3 mln. kishi (2000).

K.-L. 19-asrning 80-yillarida shu atrofdan qalay qazib chiqaruvchi konchilar qishloqlari oʻrnida bunyod etilgan. 1880 yildan Salangor sultonligining poytaxti. 1896 yildan federatsiya qilib birlashtirilgan Malayya sultonliklarining maʼmuriy markazi. 1946 yildan Angliya mustamlakasi — Malayya ittifoqining , 1984 yildan Malayya Federatsiyasi (Malayya)ning markazi. 1957 yil avg .dan mustaqil Malayya Federatsiyasi, 1963 yildan Malayziya Federatsiyasining poytaxti.

K.-L. muhim transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Kuala Lumpur va shosse yoʻl orqali Malakka boʻgʻozi sohilidagi Port-Suettenem shahri bilan bogʻlangan. Muhim savdo-taqsimot punkti, kon sanoati va qishloq xoʻjaligi r-nining markazi. Toʻqimachilik, elektrotexnika, mashinasozlik, oziq-ovqat, kimyo, sement, yogʻochsozlik, metallsozlik sanoati, temir yoʻl jihozlari ishlab chiqarish, avtomobil yigʻish korxonalari mavjud. Texnologiya universiteti, Malayziya universiteti, milliy muzey, kutubxonalar bor. Shaharning markaziy Femida hukumat maʼmuriy binolari, savdo firmalari, yirik banklar joylashgan. Meʼmoriy yodgorliklardan masjid, Mariammam ibodatxonasi va boshqa saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir]