Tel-aviv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar, Isroil poytaxti
Tel-aviv
תֵּל אָבִיב-יָפוֹ
Bayroq Gerb
Bayroq Gerb
Mamlakat Isroil
Okrug Tel-aviv okrugi
Koordinatalari 32°5′0″N 34°48′0″E / 32.08333°N 34.80000°E / 32.08333; 34.80000Koordinatalari: 32°5′0″N 34°48′0″E / 32.08333°N 34.80000°E / 32.08333; 34.80000
Mer Ron Xulday
Asos solingan 1909
Maydoni tax. 70 km²
Rasmiy tili Ivrit tili |ivritcha
Aholisi 405 200 nafar (2012)
Zichlik 1063,38 kishi/km²
Milliy tarkibi yahudiylar (91,6 %), arablar (3,9 %), boshqalar  (4,5 %)
Telefon kodi (972)(3) Isroil tashqarisi, (03) Isroil ichkarisida
Rasmiy sayti http://www.tel-aviv.gov.il
Tel-aviv (Isroil)
Tel-aviv

Tel-aviv — (ivr. תֵּל אָבִיב-יָפוֹ

arab. تل أبيب) Isroilning bosh shahri va madaniy markazi. Kattaligi boʻyicha Quddus shahridan keyin 2-oʻrinda. Iqlimi subtropik iqlim, yanvarning oʻrtacha trasi −12 °C, iyulniki 25 °C. Yillik yogʻin 600 mm. Aholisi 405 200 kishi (2012, shahar atrofi bilan 1,14 mln. kishi). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oʻrta dengiz boʻyidagi port, chetga olmos, toʻqimachilik buyumlari, kiyimkechak, elektronika va diniy buyumlar chiqariladi. Tel-avivda 2 universitet, Isroil davlat filarmoniyasi, muzeylar, teatrlar, kutubxonalar va ilmiy jamiyatlar bor. Turizm rivojlangan.

Tarixi[tahrir]

Tel-avivga 1909-yilda Yevropadan kelgan yahudiy immigrantlar tomonidan Yaffa shahridan shimolroqda asos solingan. 1948—50 yillarda mamlakat poytaxti boʻlgan[1]. Poytaxt Quddusga koʻchirilgan boʻlsada, koʻpgina hukumat muassasalari, xususan, Mudofaa vazirligi ham Tel-avivda[2] .

Sanoati[tahrir]

Tel-aviv — mamlakatning moliya va sanoat markazi. Isroildagi yagona fond birjasi va uning banklari hamda sugurta kompaniyalari, mamlakat sanoat korxonalarning 50 % Tel-avivda joylashgan. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: metallsozlik, toʻqimachilik, elektronika. Shuningdek, mashinasozlik, kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, poligrafiya, koʻnpoyabzal sanoatlari ham rivojlangan. Qurilish materiallari, mebel ishlab chiqariladi. Olmosga sayqal berish korxonalari mavjud[3]. Hunarmandchilikda diniy buyumlar tayyorlanadi[4].

Galeriya[tahrir]

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]