Ashxobod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ashxobod
turkmancha: Aşgabat
poytaxt
37°57′0″N 58°23′0″E / 37.95000°N 58.38333°E / 37.95000; 58.38333 G OKoordinatalari: 37°57′0″N 58°23′0″E / 37.95000°N 58.38333°E / 37.95000; 58.38333 G O
Mamlakat Turkmaniston
Hukumat
 • Hokim Rerjepgeldi Melyavich Nurmammedov[1]
Asos solingan 1881
Avvalgi nomlari 1919-yilgacha — Asxabad,
1919-1927-yillari — Poltoratsk
Maydon 470 km2 (180 mi²)
Markazi balandligi 429 m
Aholisi
 (2010)
947 221[2]
Milliy tarkib turkmanlar (77 %)
ruslar, oʻzbeklar, armanlar (23 %)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Pochta indeks(lar)i 744000 — 744040
Ashxobod turkmancha: Aşgabat xaritada
Ashxobod turkmancha: Aşgabat
Ashxobod
turkmancha: Aşgabat

Ashxobod (turkmancha: Aşgabat; arab.- oshiq va fors - obod; 1919-yilgacha Asxobod, 1927-yilgacha Poltorask) — shahar, Turkmaniston poytaxti (1924-yil oktabrdan). Kopetdogʻ tizmasining shimoliy etaklarida, Axal vohasida. Xalqaro temir yoʻl oʻtgan. Havo yoʻllari xalqaro ahamiyatga ega. Ashxobod yaqinidan Qoraqum kanali oʻtadi. Aholisi 712 000 kishi (2001). Turkmaniston aholisining 12,7 % shu shaharda istiqomat qilishadi[3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ashxobod oʻrnida qadimda karvon yoʻli ustida joylashgan manzilgohlar boʻlgan. Ashxobod 1881-yil qadimgi Asxobod qishlogʻi oʻrnida Rossiya mustamlakachi qoʻshinlarining harbiy istehkomi sifatida vujudga kelgan. Keyinroq Zakaspiy viloyatining maʼmuriy markazi. Ashxobodning vujudga kelishida uning muhim karvon yoʻllari ustida joylashganligi katta rol oʻynagan. 1885-yil Asxobod — Kaspiy va 1899-yil Asxobod — Toshkent temir yoʻl liniyalarining qurilishi Ashxobodda sanoatning rivojlanishiga olib keldi. 1917-yil dekabrda Ashxobodda hokimiyatni bolsheviklar egallab, shoʻrolar hokimiyatini oʻrnatdi. 1918-yil 17-iyunda bolsheviklar rejimiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon shoʻrolar tomonidan shafqatsiz bostirildi. 1918-yil 1 −12-iyulda Ashxobodda hokimiyat eserlar (oq gvardiyachilar) qoʻliga oʻtdi. 1919-yil 9-iyulda shaharni yana bolsheviklar egallab oldi. 1924-yil gacha Ashxobod Turkiston ASSRning viloyat markazi. 1924-yil 27-oktabrdan Turkmaniston poytaxti va 1927-yildan Ashxobod nomini oldi. 1948-yilgi Ashxobod zilzilasida shahar butunlay vayron boʻldi.

Ijtimoiy soha[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ashxobod-yirik sanoat, maʼmuriy va madaniyat markazi. Yetakchi sanoat tarmoqlari — mashinasozlik va metallsozlik. Shuningdek kimyo-farmasevtika, oyna, engil (ip-gazlama, ipak, poyabzal, gilam toʻqish va boshqalar), oziq-ovqat (goʻsht, vino, un, tamaki) sanoati rivojlangan. Matbuot uyi, kinofabrika bor[4].

Ashxobod — muhim madaniyat markazi. Turkmaniston Fanlar Akademiyasi, 8 oliy oʻquv yurti (shu jumladan Turkmaniston universiteti), 4 teatr (shu jumladan, Turkmaniston opera va balet teatri), tasviriy sanʼat muzeyi, tarix muzeyi, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi (1881-yilda asos solingan), „Niso“ tarix-madaniyat qoʻriqxonasi mavjud. Ashxobodda „Turkmaniston“, „Ilm“ nashriyotlari, radio va televidenie, telemarkaz, Turkmaniston telegraf agentligi bor. Turkman va rus tillarida gazeta va jurnallar nashr etiladi. 1968-yildan „Ashxobod oqshomi“ shahar gazetasi nashr etiladi.

Ashxabatdagi (1913)

20-asr boshida shaharda toʻgʻri burchakli kesishgan koʻchalar bilan birga radial yoʻnalishli koʻchalar ham boʻlgan; uylar asosan paxsadan qurilgan. Keyingi vaqtlarda shahar kengaydi va zamonaviy uylar qad koʻtardi. 1948-yilgi zil-ziladan keyin Ashxobod butunlay qayta tiklandi. Koʻp qavatli zilzilabardosh turar joy va jamoat binolari qurildi. 50-90-yillarda bunyod etilgan inshootlar orasida Hukumat uyi binosi, Turkmaniston Fanlar Akademiyasi majmuasi, Mulla Nafas nomidagi Akademik drama teatri, qishloq xoʻjalik instituti, universitet, tasviriy sanʼat muzeyi, „Tinchlik“ kinokonsert zali, markaziy maydondagi Davlat kutubxonasi binosi, „Ashxobod“, „Inturist“ va boshqa mehmonxonalar bor. 1941 — 45 yillardagi urushda halok boʻlgan jangchilarga yodgorlik oʻrnatilgan. 1991-yildan keyin poytaxtda sharq meʼmoriy uslubi bilan uygʻunlashgan holda koʻplab yangi binolar, jumladan prezident saroyi va boshqa bunyod etildi.[3].

Ashxoboddan 39 km narida, Kopetdogʻning shimoli-sharqiy yon bagʻirlarida Feruza kurort shaharchasi joylashgan.

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yillik oʻrtacha harorati — +16,7C°
  • Shamolning yillik oʻrtacha tezligi — 1,6 m/s

Teatrlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Buyuk Saparmurat Turkmanboshi nomidagi Turkmaniston asosiy drama teatri
  • Molanepesa nomli turkman Drama teatri
  • Alp Arslan nomli turkman yoshlar milliy teatri
  • Turkman Davlat qoʻgʻirchoq teatri
  • A.S.Pushkin nomli davlat rus teatri
  • Turkmaniston Davlat tsirki

Hamdoʻst shaharlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Prezident Turkmenistana proizvel kadrovie naznacheniya, 2013-04-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-01
  2. „Ashxobod shahrining aholi soni“.
  3. 3,0 3,1 Ashgabat — belomramorniy gorod-sad i stolitsa Neytralnogo Turkmenistana
  4. Buduщee belomramornoy stolitsi, 2018-10-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-01
  5. Kulturno-gumanіtarne spіvrobіtnitstvomіj Ukraїnoyu ta Turkmenіstanom
  6. Kiev znayut na vsex kontinentax, 2013-12-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-01

Havololar[tahrir | manbasini tahrirlash]