Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi
Qiyofa
| „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi“ faxriy unvoni | |
|---|---|
![]() | |
| Turi | faxriy unvon |
| Taqdirlash asosi | yuksak vatanparvarlik va axloqiy fazilatlarni tarbiyalashda alohida xizmat koʻrsatgan xalq xoʻjaligi xodimlari va mutaxassislariga |
| Mamlakat |
|
| Holati | topshiriladi |
| Taʼsis etilgan sanasi | 1996-yil 26-aprel. |
„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi“ — faxriy unvoni yoshlarga kasb mahoratini oʻrgatishda, mehnatga halol va vijdonan munosabatni, yuksak vatanparvarlik va axloqiy fazilatlarni tarbiyalashda alohida xizmat koʻrsatgan xalq xoʻjaligi xodimlari va mutaxassislariga beriladi[1][2][3][4].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
- Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomoni oʻrtarogʻida kaftlar eʼzozidagi, ochila boshlagan gul gʻunchasi, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab „XIZMAT KOʻRSATGAN YOSHLAR MURABBIYSI“ degan yozuv joy olgan.
- Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq.
- Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Mukofot sohiblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini taʼsis etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi qonuni, 26.04.1996-yildagi 226-I-son
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.08.2021
- ↑ Davlat mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi (toʻliq roʻyxat)
- ↑ Davlat mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi (toʻliq roʻyxat)
