Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi
Qiyofa
„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | faxriy unvon | |
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston fuqarolariga | |
Taqdirlash asosi | sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan sportchilarga | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 1996-yil 26-aprel. |
„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni — jahon chempionlari hamda rekordchilariga, Olimpiada va Osiyo oʻyinlari sovrindorlariga, shuningdek sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan boshqa sportchilarga beriladi[1][2][3][4].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
- Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida yugurish yoʻlkalari va futbol maydoni fonida mash’ala, pastki, oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab “XIZMAT KO'RSATGAN SPORTCHI” degan yozuv joy olgan.
- Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq.
- Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Sohiblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang: Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchilar
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini taʼsis etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi qonuni, 26.04.1996-yildagi 226-I-son
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.08.2021
- ↑ Davlat mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi (toʻliq roʻyxat)
- ↑ Davlat mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi (toʻliq roʻyxat)