Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan geolog
„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan geolog“ faxriy unvoni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | faxriy unvon | |
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston fuqarolariga | |
Taqdirlash asosi | yer osti boyliklari geologiyasi va qidiruvi sohasini rivojlantirish hamda chuqur bilimga ega kadrlar tayyorlash borasidagi katta xizmatlari uchun geologiya, geofizika, gidrogeologiya, topografiya-geodeziya tarmogʻining yuqori malakali geologlari va muhandis-texnik xodimlariga hamda ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarining tajribali mutaxassislariga | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 1996-yil 26-aprel. |
„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan geolog“ faxriy unvoni — yer osti boyliklari geologiyasi va qidiruvi sohasini rivojlantirish, geologiya-qidiruvga oid ishlab chiqarishni kengaytirish, mineral-xomashyo bazasini yaratish va mustahkamlash, foydali qazilma konlarini ochish va sanoat yoʻsinida oʻzlashtirishga topshirish, geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirishda va foydali qazilmalarni qazib olishda ekologik jihatdan toza ilgʻor va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish hamda joriy etish, soha uchun chuqur bilimga ega kadrlar tayyorlash borasidagi katta xizmatlari uchun geologiya, geofizika, gidrogeologiya, topografiya-geodeziya tarmogʻining yuqori malakali geologlari va muhandis-texnik xodimlariga hamda ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarining tajribali mutaxassislariga beriladi[1][2][3][4].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
- Nishonning yuz tomoni markazida, koʻtarilayotgan quyosh nurlari fonida, yurtimizning noyob tabiati va boy resurslarini aks ettiruvchi vodiy, daryo va togʻ choʻqqilari hamda uning yuqori qismida ikkita kesishgan geologik bolgʻa va kompas aks ettirilgan.
- Nishonning aylanasi boʻylab pastki oʻng qismida dafna novdasi va yuqori qismida “XIZMAT KO`RSATGAN GEOLOG” yozuvi joylashgan.
- Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.Tasvirlar va yozuv qabariq.
- Nishonning yuz va orqa tomonlari chekkalari qabariq hoshiya bilan oʻralgan.
- Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.Qadagʻichning boʻyi 16 millimetr, eni 25 millimetr.Qadagʻichning orqa tomoniga nishonni kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini taʼsis etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi qonuni, 26.04.1996-yildagi 226-I-son
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.08.2021
- ↑ Davlat mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi (toʻliq roʻyxat)
- ↑ Davlat mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi (toʻliq roʻyxat)