Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi
Turi faxriy unvon
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Holati topshiriladi
Taʼsis etilgan sanasi 26.04.1996

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi – Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvoni[1]. Adabiyotni rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan, xalq tomonidan keng eʼtirof etilgan yuksak badiiy asarlar yaratgan yozuvchilarga, dramaturglar, tanqidchilar va adabiyotshunos olimlarga beriladi.

Koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda oltin qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Qalinligi 2,2 millimetr. Hoshiyalangan tekis yuz tomonida togʻlar va vodiy fonida ochiq kitob, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Chap tomonida ramzlarning pastrogʻidan XALQ YOZUVCHISI degan yozuv gorizontal holatda joy olgan. Orqa tomonida Oʻzbekiston gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.