Bolsheviklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bolsheviklar (rus. bolsheviki — koʻplar) — Rossiya sotsialdemokratik ishchilar partiyasi (RSDRP) da Lenin boshchilik qilgan siyosiy okim (fraksiya) vakillari. 1917 yil apreldan mustaqil siyosiy partiya tuzishgan (q. Sovet Ittifoki Kommunistik partiyasi). B. tushunchasi RSDRP 2sʼyezdida (1903) Lenin tarafdorlari partiya rahbar organlariga saylovlarda koʻpchilik ovoz olganidan soʻng yuzaga kelgan. Shu sababli ular — bolshevik, kam ovoz olgan rakiblari esa — menshevik deb yuritila boshlagan. B. mamlakatda totalitaristik siyosat yuritgan. B. soʻzi 191752 yil larda RSDRP (b), RKP (b), VKP (b) deb atalgan partiyaning rasmiy nomlarida ishlatilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil