Praga universiteti
Praga universiteti | |
---|---|
![]() | |
Asos solingan | 1348-yil |
Koordinatalari: 50°5′18.24″N 14°24′13.320000000002″E / 50.0884000°N 14.40370000000000061°E G O
Praga universiteti, Karl universiteti — Yevropadagi eng qad. untlardan biri va ilk slavyan universiteti. 1348-yil Karl IV asos solgan. Chexiyaning Praga shahrida. Dastlab universitetda erkin sanʼat, huquq, tibbiyot, teologiya fakultetlari boʻlgan. Guschilar harakati davrida milliy ozodlik va katolik cherkoviga qarshi kurash markazi hisoblangan. 2-marta Yan Gus rektorlikka saylangan. 1882-yil nemis va chex universitetiga boʻlingan. Chexoslovakiyani nemis-fashistlari bosib olgan davrda chex universiteti ishlamagan. 1945-yildan keyin faoliyati qayta tiklangan. Mat., fizika, tibbiyot, pediatriya, falsafa, huquq, madaniyat, jurnalistika, jismoniy tarbiya va sport, ped. boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 25 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. Kutubxonasi (1348)da 2 mln.dan ortiq asar saqlanadi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |