Kontent qismiga oʻtish

Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 70 yilligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 70 yilligi“ yubiley medali
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi esdalik nishon
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa fuqarolar
Taqdirlash asosi 1941-1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaga bebaho hissa qoʻshgan Oʻzbekiston fuqarolari
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2015-yil 2-fevral.

2015-yil 9-mayda umumxalq bayrami — Xotira va qadrlash kuni oʻtkazilishi, shuningdek Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 70 yilligi bayram qilinishi munosabati bilan fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaga bebaho hissa qoʻshgan Oʻzbekiston fuqarolari — 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini munosib ravishda va izzat-ikrom bilan sharaflash maqsadida 1941-1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 70 yilligi sharafiga „Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 70 yilligi“ esdalik yubiley medali taʼsis etilsin. Gʻalabaning 70 yilligi sharafiga „Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 70 yilligi“ esdalik yubiley medali taʼsis etilsin[1][2].

„Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 70 yilligi“ esdalik yubiley medali bilan — „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ va „Yaponiya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medallari bilan, urush yillarida jangovar xizmatlari uchun olingan boshqa orden va medallar bilan mukofotlangan yoki urush qatnashchisi guvohnomasiga yoxud Vatan urushi nogironi guvohnomalariga ega boʻlgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari, shuningdek Ikkinchi jahon urushi yillarida fidokorona mehnati uchun mukofotlangan, shu jumladan, „1941-1945-yillar Ulugʻ Vatan urushidagi shavkatli mehnati uchun“, „Mehnatdagi jasorati uchun“, „Mehnatda oʻrnak koʻrsatganligi uchun“ medallariga yoki 1941-1945-yillardagi urush davrida qurolli kuchlarda fuqaro shaxslarni erkin yollash boʻyicha shtat lavozimida boʻlganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega boʻlgan mehnat fronti qatnashchilari mukofotlanadilar.

  • „Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 70 yilligi“ esdalik yubiley medali 0,25 mikrongacha qalinlikdagi oltin qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 32 millimetrli doira shaklida boʻladi.
  • Esdalik yubiley medalining oʻng tomonida taralayotgan quyosh nurlari fonida „Xotira maydoni“ yodgorlik kompleksidagi Mangu olov yonida „Motamsaro Ona“ monumenti tasvirlangan. Monumentning chap va oʻng tomonlarida 1945 va 2015 raqamlari yozilgan boʻlib, ular Ikkinchi jahon urushi tugagan yil va yubiley yilini anglatadi.
  • Esdalik yubiley medalining orqa tomonida „Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 70 yilligi“ soʻzlari yozilgan. Yozuv dafna chambari bilan oʻralgan boʻlib, uning novdalari pastda sakkiz qirrali yulduz bilan tutashgan.

Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir. Esdalik yubiley medalining qirralari doira bilan hoshiyalangan.

  • Esdalik yubiley medali halqachalar yordamida besh burchakli kolodka bilan tutashtiriladi, uning ustki qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi ranglaridagi eni 24 millimetrli shoyi lenta bilan oʻralgan. Koʻk, oq va yashil polosalarning eni 7 millimetrdan, qizil polosalarning eni esa 1,5 millimetrdan. Kolodkaning balandligi 48 millimetr, eni 45 millimetr. Toʻgʻnogʻich yordamida qadaladi.