Bofort dengizi
Bofort dengizi — Shim. Muz okeanining Shim. Amerika sohilidagi chekka dengizi. Barrou burni bilan Banks va PrinsPatrik olari oʻrtasida. Maydoni 481 ming km², eng chuqur joyi 3749 m, oʻrtacha chuq. 1004 m. Koʻp qismi materik sayozligida joylashgan. Bofort dengizi ga Makenzi daryosi quyiladi, dengiz yil boʻyi muz bilan qoplanib yotadi. Ingliz admirali F. Bofort (1774—1857) nomi bilan atalgan.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |