Timor dengizi
Timor dengizi - Hind okeanining chekka dengizi. Avstraliya bilan Timor o. oraligʻida. Maydoni 432 ming km². Akvatoriyasining 1/2 qismining chuq. 200 m gacha, eng chuqur joyi 3310 m (Timor botigʻi). Yuza kismi suvining temperaturasi 25° dan 29° gacha. Shoʻrligi 34— 35%o. Suv koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanadi, bal. 3–4 m. Janubiy sohilida Darvin porti (Avstraliya) bor.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
|
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |