Adriatika dengizi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Adriatika dengizi

Adriatika dengiziOʻrta dengizning bir qismi, yarim berk dengiz. Apennin va Bolqon yarim orol.lari oraligʻida. Jan.da Otranto boʻgʻozi orqali Ioniya dengizi bilan tutashgan. Maydoni 144 ming km². Oʻrtacha chuq. 200 m, eng chuqur yeri 1230 m. Sharqiy qirgʻogʻi yaqinida Dal-matsiya orollari bor. temperaturasi suvning yuza qatlamida avgustda 24-26’, fevralda 7-13°. Shoʻrligi 35-38‰. Suv koʻtarilishi va qaytishi yarim sutkali (1,2 m). Baliq ovlanadi. Shelf qismidan neft va gaz qazib olinadi. Venesiya va Triyest qoʻltiqlari bor. Portlari: Triyest, Venesiya (Italiya), Split (Xorvatiya), Durres (Albaniya). Sharqiy sohilida kurortlar bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil