Sargasso dengizi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sargasso dengizi - Atlantika okeanining shim. qismidagi dengiz. Kanar, Shimoliy Passat va Golfstrim oqimlari bilan chegaralangan. 23—35° sh.k. va 30— 68° gʻ.u. lar oraligʻida. Maydoni 6—7 mln. km². Eng chuqur joyi 7110 m. Sargasso dengizida shamol va suv oqimlari kuchsiz, doimiy emas. Dengizda Bermuda o.lari joylashgan. Suvining temperaturasi qishda 18—23°, yezda 26— 28°. Shoʻrligi 36—37%o. Hayvonot dunyosiga boy. Dengiz suvining yuza qatlami va unga yaqin qismlarida suzib yuruvchi sargasso suvoʻtlar nihoyatda koʻpligidan dengizga shunday nom berilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil