San-Lavrentiy qoʻltigʻi
Qiyofa
(San-lavrentiy qoʻltigʻidan yoʻnaltirildi)
San-lavrentiy qoʻltigʻi — Atlantika okeanidagi qoʻltiq. Kanadaning sharqiy qirgʻoqlari yaqinida joylashgan. Nyufaundlend va KeypBreton orollari San-lavrentiy qoʻltigʻini okeandan ajratib turadi. Gidrologik rejimiga koʻra, yarim yopiq dengiz. Maydoni — 249 ming km². Chuqurligi — 538 m. San-lavrentiy daryosi quyiladi. Suv qalqishi yarim sutkalik (2 m gacha). Dekabrdan maygacha muz bilan qoplanadi. Aysberglar suzib yuradi. Baliq ovlanadi. Sohilida SetIl, Kvebek shaharlari joylashgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |