Tundra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tundra (fincha tunturi — oʻrmonsiz, yalang qir) — Shim. yarim sharning yuqori kengliklaridagi yoʻsin va zamburugʻ, koʻp yillik oʻt hamda butalar oʻsadigan yerlar. Jan.da oʻrmonlar, shim. dan Arktika muz saxrolari zonasi bilan chegaralangan. T. doim toʻngib yotgan sovuq iqlimli va sovuq tuprokli oʻlka. Skandinaviya, Ural, Sibir, Alyaska, Kanada shim.dati togʻlarda togʻli T. tarqalgan. T.da koʻp yillik oʻsimliklar, yoʻsinlar, lishayniklar, har xil oʻtlar, barg toʻkuvchi va doim yashil butalar, pakana kayin va mitti qoraqaragʻay koʻp oʻsadi, bugʻu boqiladi, ovchilik qilinadi. T. zonasining katta qismini subarktika, T. va chekka shimolda arktika T.si tashkil etadi.