Beshik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
155jcrs.jpg

Beshik—chaqaloqni belab va tebratib uxlatish uchun moʻljallangan yoʻrgʻa oyoqli maxsus moslama. Asosan tut, tol va boshqa yogʻochdan yasaladi. Uz. 1—1,05 m, balandligi 50 sm dan 60 sm gacha. B.ning tuzilishi: toʻrttadan sakkizta ustbozi (pombozi) va takbozi (girdbozi) bilan oʻralgan; bola yotishi uchun takbozilar ustiga yupqa taxtachalar oʻrnatiladi (unda tuvak uchun maxsus joy ajratiladi). B.ning ikki tomonidagi yarim doyra shaklidagi yoʻrgʻa (oyoq)lariga uz. 1,2 m, eni 8—10 sm boʻlgan egmoch (qosqon) oʻrnatiladi, egmochga dasta biriktiriladi. Dastaning ikkala tomoniga qubbalar yasaladi. Bolaning bosh va oyoqlarini muhofaza qilish uchun egmochlarning ichiga boshlogʻi va bagʻalak choʻplar oʻrnatiladi. B. naqshlar bilan bezatiladi yoki rangbarang boʻyoklar bilan boʻyaladi, soʻng baʼzan lok surtiladi. Bolani belash uchun ip yoki shoyi matodan maxsus tikilgan abzallar (qovuz toʻshakcha, taglik koʻrpacha, yostiqchalar, qoʻlbogʻlar, govrapoʻsh, choyshab va boshqalar) ishlatiladi. B.da yotganda bolaning tagi quruq, toza turadi; B.ning bir maromda tebranishiga ona allasining hamohangligi B.dagi bolaga yaxshi taʼsir etadi, uning tinch osuda uxlashini, ruhan sogʻlom yaxshi rivojlanishini taʼminlaydi.

B. qadimdan oʻzbek, tojik, turkman, qoraqalpoq, qirgʻiz va boshqa sharq xalqlari orasida keng tarqalgan. Qad. manbalarda, xususan "Devonu lugʻotit turk" (11-asr)da tilga olingan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil