Kontent qismiga oʻtish

Diplomatik yozishma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Diplomatik yozishma - turli rasmiy xat-xabarlar va diplomatik tusdagi hujjatlar majmui. Davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarni yuritish vositasi, davlat tashqi siyosiy va diplomatik faoliyatining asosiy shakllaridan biri. Davlatlar oʻrtasida yozishma tarzidagi muomala davlat, hukumat boshligʻi, tashqi ishlar idorasi, turli davlat va jamoat tashkilotlari hamda muassasalari yoki ularning boshliklari, diplomatik vakillar va ayrim diplomatlar nomidan yoʻlga qoʻyib turiladi. Maktublar, telegrammalar, xatlar, nota orqali yozishmalar, shuningdek, deklaratsiya, bayonot, chaqiriq, axborot agentlarining xabarlari Diplomatik yozishmalar turlari hisoblanadi. Diplomatik yozishmalarda xalqaro hayot va tashqi siyosat, davlatlararo ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama munosabat masalalari yoritiladi. Mazkur hujjatlarni tayyorlash davlat va unga tegishli muassasalar diplomatik faoliyatining muhim sohasi sanaladi. Diplomatik yozishmalarni diplomatik kuryerlar ko'rsatilgan manzilga yetkazib beradi. my.gov.uz

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil